O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi tomonidan o'tkazilgan "Yosh kitobxon" tanlovi g'oliblari munosib taqdirlandilar.

O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi tomonidan o'tkazilgan "Yosh kitobxon" tanlovi g'oliblari munosib taqdirlandilar.


Avval xabar qilganimizdek, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi tomonidan joriy yil 28 iyun kuni "Yoshlar oyligi" doirasida "Yosh kitobxon" tanlovi bo'lib o'tgan edi. 10 iyul kuni ushbu tanlovning g'oliblari, Xiva shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari xonadonlariga Yoshlar ittifoqi vakillari tashrif buyurdilar va mukofotlar o'z egalariga topshirildi.

Prezident maktabining faol òquvchilaridan 11-"Green"sinfi òquvchisi Rustamova Barnoxon ushbu tanlovda 1-òrinni egallagan edi.U òz sovģalari va diplomini qabul qilib oldi. Unga 17 nomdagi badiiy adabiyotlar to'plami sovg'a qilindi. Barnoxonni yutuqlari bilan yana bir bora tabriklaymiz va yurtimiz ravnaqi uchun xizmat qiladigan fidoyi inson bo'lib yetishishiga ishonch bildiramiz!

"Yosh kitobxon" tanlovida faol ishtirok etib, 2-o'rinni egallagan 11-"Blue" sinfi o'quvchisi Qodirberganova Shahnozabonu ham o'z diplomi va sovģalarini qabul qilib oldi. Unga 16 nomdagi yangi nashr qilingan badiiy adabiyotlar sovg'a qilindi. Shahnozabonuni muvaffaqiyatlar bilan tabriklaymiz, bardavom bòlsin deymiz! Kelajakda bundan ham yuqori marralarni zabt etishiga ishonamiz.

11-"Blue" sinfidagi kitobsevar òquvchilarimizdan biri Ibadullayeva Barchinoy ham 2-o'rinni egallagan edi. Barchinoy ham bugun òz diplomi va esdalik sovģalarini qabul qilib oldi. Unga ham tengdoshlari qatori 16 nomdagi badiiy adabiyotlar to'plami sovg'a qilindi. Barchinoyni ham tabriklaymiz. Zafarlar bardavom bòlsin deymiz! Yanada yuksak chòqqilarni zabt etishiga ishonamiz!

"Yosh kitobxon" tanlovida muvaffaqiyatli qatnashib, 3-o‘rinni egallagan 9-"Blue" sinfi o‘quvchisi G‘oyibov Elshod ham diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi. Elshodbekni tabriklaymiz, bundan keyingi o‘qishlarida ulkan zafarlar tilaymiz. Muvaffaqiyatlar bardavom bo‘laversin!











Report Page