O‘zbekiston-Xitoy: harbiy-texnikaviy hamkorlikni takomillashtirish yo‘lida

O‘zbekiston-Xitoy: harbiy-texnikaviy hamkorlikni takomillashtirish yo‘lida


Markaziy harbiy kengashi Qurol, harbiy texnika va texnologiyalarni rivojlantirish bosh boshqarmasi delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi tashkillashtirildi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston-Xitoy tomoni masʼul vakillari tomonidan Qurol, harbiy texnika va texnologiyalar sohasida hamkorlik bo‘yicha mavjud va istiqbolli loyihalar, ularni amalga oshirish muddatlari hamda hamkorlik sohasini tizimli tartibda rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.

Tashrif davomida xorijiy delegatsiya vakillariga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi tasarrufidagi mudofaa sanoati kompleksi korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan harbiy va ikki maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar namoyish etildi.

Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Bizning web-saytimiz...


Report Page