O‘zbekiston-Turkiya biznes forumi doirasida Ostim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston-Turkiya biznes forumi doirasida Ostim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

EconomyMoliyaPress

Oʻzbekiston-Turkiya biznes forumi doirasida Bosh vazir oʻrinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorovning “Ostim” kompaniyasi boshqaruvi raisi Orhan Aydin bilan ikki tomonlama uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda temir yo‘l tizimlari, aloqa va kauchuk texnologiyalari hamda energetika kabi turli sohalarda keng hamkorlik qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Ma’lumot uchun: 1967-yilda tashkil etilgan Ostim Anqaradagi yetakchi sanoat zonalaridan biri sifatida tan olingan uyushgan sanoat zonasidir. U mudofaa, aviatsiya, temir yoʻl tizimlari, tibbiyot, aloqa texnologiyalari, energetika va kauchuk texnologiyalari kabi 139 ta kompaniya va 17 ta soha boʻyicha 6200 dan ortiq tadbirkorni qoʻllab-quvvatlaydi. Ostimning yillik eksport hajmi 1,5 milliard dollarga baholanadi.

Uchrashuvda sanoat zonalarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Tomonlar O‘zbekistonda yangi sanoat zonalarini yaratishda Ostimning tajribasi va resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar. Ostim ko‘magida mamlakatimizda sanoat zonalari soni ko‘payishi kutilmoqda, bu esa O‘zbekistonning sanoat salohiyatini sezilarli darajada oshiradi va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, mazkur hamkorlik innovatsiyalarni rag‘batlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.

 

  Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborot xizmati


Report Page