O‘zbekiston-Turkiya biznes-forumi doirasida Daiichi Electronics rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston-Turkiya biznes-forumi doirasida Daiichi Electronics rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

EconomyMoliyaPress

Anqarada O‘zbekiston-Turkiya biznes-forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda Daiichi Electronics kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2002-yilda 100% turk kapitali bilan tashkil etilgan va Dogan Holdingning sho‘ba korxonasi bo‘lgan Daiichi Electronics avtomobillar uchun yuqori sifatli aqlli navigatsiya audio va video tizimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Kompaniya Android va Bluetooth kabi eng so‘nggi smartfon ulanishlarini qo‘llab-quvvatlaydigan avtomobil ko‘ngilochar tizimlari bo‘yicha ilg‘or yechimlari bilan mashhur.

Uchrashuv davomida avtomobillar uchun elektron komponentlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, shuningdek, ushbu sohadagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Turkiya kompaniyasi atrof-muhit tamoyillariga mos keladigan zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirishga sarmoya kiritishga va mahalliy kompaniyalar bilan hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirgan holda O‘zbekiston bozoriga qiziqishini qayd etdi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli natijalarga erishish uchun konstruktiv muloqotni davom ettirish istagini bildirgan holda iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va ilg‘or tajribalar almashish uchun bunday uchrashuvlarning muhimligini ta'kidladilar.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborot xizmati


Report Page