O‘zbekiston Respublikasi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni yuzasidan davra suhbati tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni yuzasidan davra suhbati tashkil etildi


Iqtisodiyot va moliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni yuzasidan vazirlik markaziy apparati mas’ullari, vazirlik huzuridagi respublika ijro etuvchi organlari hamda vazirlik tasarrufidagi tashkilotlarning mas’ul xodimlari, “ZOOM” platformasi orqali hududiy boshqarma va bo‘lim xodimlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda vazirlik tizimi xodimlariga ushbu Qonunning mazmun-mohiyati, ya’ni “manfaatlar to‘qnashuvi” tushunchasi xususida hamda manfaatlar to‘qnashuvi kimlar o‘rtasida va qachon vujudga kelishi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi, shuningdek, vazirlik tizimida Qonun ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar ko‘rsatib o‘tildi.

Vazir o‘rinbosari Gulnora Raximova mazkur Qonunning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritar ekan, avvalo, vazirlik tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarning har qanday ko‘rinishiga qat’iy chek qo‘yish olib borilayotgan izchil islohotlarning asosiy yo‘nalishi ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, vazirlik huzuridagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar hamda barcha hududiy bo‘linmalarning rahbarlari o‘zi rahbarlik qilayotgan tashkilotda Qonun kuchga kirgunicha va kuchga kirganidan keyingi talab va mexanizmlarini ijro intizomiga rioya qilgan holda belgilangan muddatlarda samarali joriy etishi lozimligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida mavzu doirasida fikr-mulohazalar bildirilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.


Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborot xizmati

Report Page