O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasida ikkita idoralararo bitimlar imzolandi

O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasida ikkita idoralararo bitimlar imzolandi

MoliyaPress

Joriy yilning 14 aprelida O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasida ikkita idoralararo bitimlarga imzo chekildi.

Shu jumladan:

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Rossiya Federatsiyasi davlat ro'yxatga olish, kadastr va kartografiya federal xizmati o'rtasida Rossiya Federatsiyasi tomonidan O'zbekiston Respublikasiga davlat kadastr baholash tizimini yaratish bo'yicha beg'araz texnik yordam ko'rsatish yuzasidan Shartnoma;

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi o'rtasida Rossiya Federatsiyasi tomonidan soliq ma'muriyati tizimini rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasiga beg'araz texnik yordam ko'rsatish to'g'risida Shartnoma imzolandi.

Imzolangan shartnomalar Rossiya Federatsiyasi tomonidan O'zbekiston Respublikasiga soliq ma'muriyati tizimini rivojlantirish, shu jumladan ko'chmas mulkka soliq solishni takomillashtirish hamda soliq to'lovchilar bilan ishlash tizimini yaratish maqsadida bepul texnik yordam ko'rsatish to'g'risidagi Bitim (2019-2020) doirasida amalga oshirilgan ishlarning davomi bo'lib xizmat qiladi.

Moliya vazirligi

Axborot xizmati


Report Page