O’zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Turkiya Moliya vazirligi, Turkiya kapital bozori bo‘yicha vakolatli organi, Borsa Istanbul fond birjasi, Turkiya markaziy qimmatli qog'ozlar depozitariysi va Takasbank bilan mahalliy qimmatli qog’ozlar bozorini rivoj…

O’zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Turkiya Moliya vazirligi, Turkiya kapital bozori bo‘yicha vakolatli organi, Borsa Istanbul fond birjasi, Turkiya markaziy qimmatli qog'ozlar depozitariysi va Takasbank bilan mahalliy qimmatli qog’ozlar bozorini rivoj…

MoliyaPress

Joriy yilning 23-may kuni O’zbekistan Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isakov rahbarligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Yevropaning qator davlatlariga uyushtirilayotgan “roadshow” uchrashuvlari doirasida dastlab Istanbul shahrida Turkiya Moliya vazirligi va kapital bozori regulyatorlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Turkiya Moliya vaziri o’rinbosari Murat Zaman boshchiligidagi mutaxassislar bilan o’tkazilgan uchrashuvda davlat qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish imkoniyatlari, jumladan davlat qarzini samarali boshqarish, birlamchi dilerlik institutini joriy qilish, inflatsiyaga bog’langan obligatsiyalarni chiqarishning o’ziga xos jihatlari, valyuta va foiz xatarlarini boshqarish, o’rta muddatli qarzni boshqarish strategiyasini qo’llash hamda soha vakillarining malakasini oshirish imkoniyatlari batafsil muhokama qilindi.  

Xususan, Turkiya Moliya vazirligi bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki banki mutaxasislarining qarzni boshqarish va kapital bozorlarini rivojlantirishda malakasini oshirish va hamkorlikni kengaytirish borasida dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Turkiya davlatining kapital bozorini tartibga solish va rivojlantirish bo’yicha vakolatli organi (Capital Markets Board of Turkiye) bilan kapital bozorining normativ-huquqiy bazasini yaratish va amaliyotga tadbiq etish, kapital bozoriga oid yangi moliyaviy mahsulotlarni amaliyotga joriy qilish tajribasi va vakolatli organning kapital bozoriga doir vakolatlari hamda faoliyati davomidagi tajribasi o’rganildi.

Borsa Istanbul fond birjasi, Turkiya Markaziy qimmatli qog'ozlar depozitariysi va Takasbank bilan uchrashuvlarda xalqaro investorlarni ichki moliya bozoriga jalb qilish, O’zbekiston kapital bozoridagi moliyaviy mahsulotlar likvidlik darajasini oshirish, kapital bozori infratuzilmasini texnologik va qonunchilik jihatdan rivojlantirish tajribasi muhokama qilindi.

Shuningdek, Turkiya kapital bozorida yangi moliyaviy mahsulotlarni joriy qilish tajribasini o’rganish, investorlarni kapital bozoriga nisbatan ishonchlik darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni o’rganish, birlamchi dilerlik institutini joriy etish va ularni rag‘batlantirish borasidagi xorijiy mamlakatlardagi davlat qarzini boshqarish uchun mas'ul idoralarning tegishli tajribasini o‘rganish hamda birlamchi dilerlik funksiyalarini bajarish bo‘yicha nomzod investitsiya banklari bilan yuqori darajadagi muzokaralarni tashkil etish masalalari uchrashuv davomida ko’rib chiqildi.

Dastavval, delegatsiya hamda Borsa Istanbul fond birjasi bosh direktori Korkmaz Ergun rahbarligida Istanbul va Toshkent fond bozor regulyatorlari o'rtasida joriy loyihalar va o'zaro hamkorlik bo'yicha muhokamalar olib borildi.

Uchrashuv davomida kapital bozorlari infratuzilmasini texnologik va qonunchilik nuqtayi nazaridan zamonaviylashtirish bo'yicha tajriba almashish, ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali fond bozorlarida davlat korxonalarining aksiyalarini birlamchi ommaviy IPO joylashtirish masalalari yuzasidan fikr almashinildi.

O‘z navbatida turk tomon fond birjasi faoliyatiga oid taqdimot bilan mehmonlarni tanishtirgan holda Turkiya kapital bozorlari tarixi, sukuk va Islomiy moliyalashtirish, “yashil bondlar” bo‘yicha fikr almashinildi.

Yuqori darajada qizg‘in muhokamalar doirasida o‘tgan uchrashuv so‘nggida tomonlar o‘zaro hamkorlik doirasida malaka oshirish seminarlari, o‘quv kurslari tashkil etish masalalariga ham to‘xtalib o‘tdilar, shuningdek o’zaro hamkorlik munosabatlarini yo’lga qo’yishga tayyorligini bildirdilar.

O‘zbekiston delegatsiyasi Yevropaning qator davlatlariga “roadshow” uchrashuvlari davom etmoqda.

 

Moliya vazirligi

Axborot xizmati


Report Page