O'zbekiston Respublikasi “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi” indeksida ilk marotaba e'tirof etildi

O'zbekiston Respublikasi “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi” indeksida ilk marotaba e'tirof etildi

MoliyaPress

BMT tarkibiga kiruvchi Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (United Nations Industrial Development Organization, UNIDO) tomonidan 2020 yil 3 iyuldagi “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi” indeksining 2020 yilgi hisobotida mamlakatimiz ilk marotaba aks ettirilib, 0,017 ball bilan 152 ta mamlakat orasida 92-o'rinni egalladi.

Ma’lumot uchun: “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi” indeksi 1996 yildan boshlab mamlakatlarning sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport salohiyati, texnologik takomillashtirish va modernizatsiya qilish darajasi, mamlakat sanoatining jahonga ta'siri darajasini baholab, ikki yil oldingi statistik ma'lumotlar asosida har ikki yilda bir marotaba e’lon qilib boradi.

Hisobotda, O'zbekiston Respublikasi mazkur indeks tarkibidagi “Sanoat ishlab chiqarish qo'shilgan qiymatining YIMdagi ulushi” indikatorida 0,566 ball bilan 18-o'rinni (jahon bo'yicha o'rtacha 0,343 ball) hamda “Sanoatlashtirish intensivligi” indikatorida 0,406 ball bilan 43-o'rinni (jahon bo'yicha o'rtacha 0,323 ball) egallab, dunyoda va rivojlanayotgan mamlakatlar orasida o'rtacha ko'rsatkichlardan yuqori ekanligi qayd etilgan.

Indeksning Top-5 taligidan Germaniya, Xitoy, Janubiy Koreya, AQSh va Yaponiya kabi yuqori sanoat unumdorligiga ega mamlakatlar o'rin olgan.

Quyida, hisobotga ko'ra MDH a’zolariga berilgan baholar keltiriladi.

Hisobot yuzasidan batafsil ma’lumot bilan tanishish uchun havola: https://stat.unido.org/content/publications/competitive-industrial-performance-index-2020




Moliya vazirligi

Axborot xizmati


Report Page