O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6300-sonli qaroriga asosan Moliya vazirligi tomonidan Budjet tashkilotlari xodimlarining oylik ish haqi to’g’risidagi ma’lumotlarni SMS-xabarnoma ko’rinishida yuborish tizimi joriy etildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6300-sonli qaroriga asosan Moliya vazirligi tomonidan Budjet tashkilotlari xodimlarining oylik ish haqi to’g’risidagi ma’lumotlarni SMS-xabarnoma ko’rinishida yuborish tizimi joriy etildi

MoliyaPress

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustda “Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6300-sonli farmonning 4-ilovasida 2021-2022-yillarda davlat moliyaviy nazorati tizimini takomillashtirish bo’yicha Yo’l xaritasi tasdiqlangan. Yo’l xaritasining 8-bandida Budjet tashkilotlari xodimlariga har oyda ularning ish haqi to’g’risida SMS xabarnoma yuborish tizimini joriy etish belgilangan.

Bugungi kunda, Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari markazi tomonidan UzASBO dasturiy majmuasida xodimlarning mobil telefon raqami kiritilganligi bo’yicha to’liq tekshiruv o’tkazildi. Mobil raqam kiritilmagan xodimlarning malumoti tuzilib, raqamlarni tizimga kiritish, uning afzalliklari tashkilot mutasaddilariga tushuntirildi.

Hozirda budjet tashkilotlari xodimlariga har oyda ularning ish haqi to‘g‘risida SMS xabarnoma yuborish tizimi joriy etilishi natijasida xodimlarga juda ko‘p qulayliklar yaratildi. Xodimlarga o‘z oylik ish haqi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar (начислено-удержано-оплачено) ko‘rish imkoniyatini beradi.

Buning natijasida xodimning ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlari biriktirilgan xabarnoma mobil telefon raqamiga SMS ko‘rinishida bosqichma-bosqich barcha tashkilotlarga yuborilishi yo‘lga qo‘yildi

 

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Report Page