O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF–113-sonli Farmonidan xabardormisiz?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF–113-sonli Farmonidan xabardormisiz?

Koson tuman adliya bo'limi

Mazkur Farmonga asasan, 2022 yil 1 avgustdan boshlab:

a) davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qo‘shimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi (keyingi o‘rinlarda — Mobil-ID tizimi) joriy etish;

b) shunday tartib o‘rnatildi, unga muvofiq:

Mobil-ID tizimi “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi;

shaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash fuqaroning xohishiga ko‘ra davlat xizmatlari markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) yoki notarial idora tomonidan yoxud YAgona interaktiv davlat xizmatlari portalining (keyingi o‘rinlarda — YAIDXP) mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi;

Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan o‘tish uchun fuqaro tomonidan bevosita Markaz yoki notarial idoraga murojaat qilinganda shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli taqdim etiladi hamda Markaz yoki notarial idora xodimi tomonidan fuqaroning yuzi raqamli formatda rasmga tushiriladi, elektron shaklda qo‘l barmog‘i izi olinadi va mobil telefon raqami YAIDXPdagi shaxsiy kabinetga bog‘lanadi;

Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan o‘tish uchun fuqaro tomonidan YAIDXPning mobil ilovasidan foydalanilganda masofadan biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) usuli yoki ID-kartadagi elektron raqamli imzo qo‘llaniladi hamda mobil telefon raqami YAIDXPdagi shaxsiy kabinetga bepul bog‘lanadi;

bevosita Markazlar yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilish 2022 yil 31 dekabrga qadar to‘lov undirilmasdan, 2023 yil 1 yanvardan boshlab bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undirilgan holda amalga oshiriladi;

Mobil-ID tizimi foydalanuvchilari elektron raqamli imzoni qo‘llamagan holda barcha davlat xizmatlaridan (bundan moliyaviy xizmatlar mustasno) foydalanishi mumkin;

fuqaroning YAIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladigan barcha xabarnomalar uning xohishiga ko‘ra va belgilangan to‘lovlar asosida Mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyalangan mobil telefon raqamiga SMS-xabar shaklida yuboriladi.



Report Page