O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo'mitasining "Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarga o'zgartirish kiritish haqida"gi Qarori yuzasidan MA`LUMOT
MoliyaPressO'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasining "Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarga o'zgartirish kiritish haqida"gi Qarori (2020 yil 29 sentabrdagi 3188-1-son) bilan joriy yilning 1 oktabridan alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar o'rtacha 6-9 % indeksatsiya qilindi.
Natijada, ishlab chiqaruvchi tomonidan ulgurji bazalarga sotiladigan yarim litr aroq narxi 12 000 so'mdan kam bo' lmasligi belgilandi (1 oktabrgacha 11 000 so'm), chakana savdodagi (do'kon rastalarida) narxi 14 250 so'mdan kam bo'lmasligi belgilandi (ilgari 13000 so'mdan).
Yarim litr konyak uchun eng kam ulgurji-sotish arxi 1 000 so'mga oshdi va 1 oktabrdan 16 500 so'mni tashkil etadi (ilgari 15 500 so'm). Do'konlarda sotishda, yarim litr konyakning eng kam chakana narxi 19 500 so'm qilib belgilandi (ilgari 18 300 so'm).
Alkogol mahsulotlari (pivodan tashqari) uchun 2020 yil 1-oktabrdan kiritilayotgan ENG KAM ULGURJI-SOTISH VA CHAKANA SAVDO NARXLARI