O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Koreya fond birjasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Koreya fond birjasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

MoliyaPress

O‘zbekiston Respublikasida inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta'minlash, xususan aholining barcha qatlamini kapital bozorining faol qatnashchilariga aylantirish yuzasidan ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bunda, xorijiy mamlakatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlarning ilg‘or tajribalaridan foydalanilmoqda.

O‘z o‘rnida, kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha strategik hamkor mamlakatlardan biri Janubiy Koreya Respublikasi bo‘lib, uning moliyaviy institutlari bilan aloqalar Moliya vazirligi tomonidan mustahkamlanmoqda. Xususan, joriy yilning 11-dekabr kuni Koreya fond birjasi raisi va prezidenti – Son Byondu boshchiligidagi delegaеsiya mamlakatimizga xizmat safari bilan tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Toshkent” Respublika fond birjasi” AJ, “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” DUK va “Fond bozorining axborot-resurs markazi” DUK vakillari bilan istiqbolli yo‘nalishlarda hamda joriy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlar jarayonida mamlakatimizda olib borilayotgan davlat ulushi mavjud korxonalarning xususiylashtirilishi jarayoni hamda kapital bozorini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi.

Koreya fond birjasi prezidenti Son Byondu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan izchil davom ettirilayotgan islohotlar o‘ta yuqori baholanib, Janubiy Koreyaning 1970-1980 yillardagi islohotlariga tenglashtirdi.

Shuningdek, janob Son O‘zbekistonning kapital bozori juda katta istiqbolga ega ekanligi e'tirof etib, sohani rivojlantirish bo‘yicha Koreya Respublikasi tajribasi o‘rtoqlashdi.

Uchrashuvlar yakunida, mamlakatimizda kapital bozorini rivojlantirishda moliyaviy texnologiyani yangilash, islohotlarda Koreya Respublikasi tajribasini joriy etish hamda Koreyalik mutaxassislar yordamida trening va seminarlar tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan Koreya birjasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur Anglashuv memorandumi ikki mamlakat o‘rtasida kapital bozori yagona dasturiy-texnik kompleksni rivojlantirish, korporativ axborotlarni oshkor etish tizimini zamonaviy texologiyalardan foydalangan holda yangidan yaratish, yangi moliyaviy vositalarni yaratish hamda kapital bozori mutaxassislari bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha kelgusi amalga oshiriladigan chora-tadbirlar uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.


Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Report Page