O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2019 yil 18 fevraldagi № 35 – ЛС sonli buyrug’i bilan Hududlar moliyasi bosh boshqarmasi boshlig’i lavozimiga Davlatov Murodbek Saparbaevich tayinlandi.
MoliyaPressMurodbek Davlatov 1978 yilda Xorazm viloyati, Xozarasp tumanida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti oliy. 1999 yilda Urganch davlat universitetini, 2002 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini va 2006 yilda O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini bank ishi va moliya mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan.
1999 – 2007 yillarda Bog’ot tumani banklarida va tuman moliya bo’limlarida,
2007 – 2012 yillarda Xorazm viloyati G’aznachilik va Nazorat-taftish boshqarmalarida,
2012 -2015 yillarda Bog’ot tuman hokimligi moliya bo’limi mudiri lavozimlarida ishlagan.
2015 – 2017 yillarda Xorazm viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boshlig’i.
2015 – 2018 yillarda Xorazm viloyati hokimligining moliya bosh boshqarmasi boshlig’i.
M. Davlatov budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag’ jalb qilish va budjet to’g’risidagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini yaxshi biladigan va o’z o’rnida hududlar moliyasi tizimini rivojlantirishda o’z hissasini qo’sha oladigan salohiyatli mutaxassis hisoblanadi.
Hozirgacha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Agrosanoat majmua moliyasi boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari – Agrosanoat majmuining qayta ishlash va boshqa tarmoqlari moliyasi va narxlarni tartibga solish bo’limi boshlig’i sifatida faoliyat yuritib kelgan.