O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi Qo‘shrabot tumani filiali tomonidan 2023-yil 26-yanvar holatiga bajarilgan ishlar
HISOBOTIО‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 71-sonli qarori 2-ilovasiga muvofiq Qo‘shrabot tumani bo‘yicha Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish bo‘yicha quyidagi ishlar bajarildi.
Xususan:
1.Qurilish bo‘limi bilan birgalikda bo‘sh yer uchastkasini aniqlab, “Yerelektron” AATga jami: 1154 ta 36,5 gektar yer uchastkasi kiritilib, auksion savdosiga 638 ta lot chiqarildi. Shundan 18 ta lot 124,8 mln so‘mga sotildi. Qolgan 516 ta yer uchastkadan 95 ta yer uchastka tashkilotlar muhokamasida va 421 ta yer uchastka tegishli tashkilotlar tomonidan rad etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 02-sentyabrdagi 535-sonli Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida qaror ijrosi yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi Qo‘shrabot tumani filialida yuridik va jismoniy shaxslardan 2023-yil 26-yanvar holatiga jami 1152 ta yer kadastr pasportini tayyorlash uchun ariza murojaat kelib tushgan bo‘lib 887 ta turar va noturar joylar bo‘yicha arizalar ijobiy hal etilgan hamda 265 ta holatda arizalar asosli ravishda rad etilgan.