O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti yangi vakant lavozimlar uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti yangi vakant lavozimlar uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

https://t.me/nires_uz

Yetakchi ilmiy xodim

Ish o'rni: Shtat jadvali bo'yicha

Hajmi: To'liq

Malaka talablari:
Ma'lumoti:
Oliy ma’lumot, fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasi. Ilmiy ishlari mavjudligi.

Lavozmiy vazifalari: Laboratoriyada fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar va ilmiy-amaliy ishlar olib boradi. O‘ziga biriktirilgan xodimlar guruhini boshqaradi yoki ilmiy-texnikaviy dasturdagi alohida topshiriqning mas’ul ijrochisi hisoblanadi.

 Eng murakkab muammolarning ilmiy-texnik yechimlari, tadqiqotlar va ishlanmalar yaratish usullarini ishlab chiqadi, buning uchun zarur bo‘lgan vositalarni tanlashga ko‘maklashadi. Yangi tadqiqot va ishlanmalar yo‘nalishlari va ularni bajarish usullarini asoslaydi, ilmiy tadqiqot rejalarini shakllantirishda qatnashadi, O‘ziga topshirilgan topshiriq bo‘yicha boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ilmiy tadqiqot olib borayotgan hamkorlarning faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi. Natijalarni umumlashtirishda, nihoyasiga yetgan tadqiqot va ishlanmalarni ekspertizadan o‘tkazishda, ularni tajriba sinovidan o‘tkazishda qatnashadi. Ilmiy tadqiqot va ishlanmalar natijalarining qo‘llanish sohasini belgilashda va ularni amaliyotda tatbiq etishda ishtirok etadi. O‘ziga tegishli ilm sohasi bo‘yicha ilmiy kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishida ishtirok etadi.

Qo‘shimcha ustunlik: xorijiy tillarni bilish, axborot kommunikatsiya tizimida ishlash, tahliliy va tashkiliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi.

Ish sharoitlari: 

Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. 

Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. 

Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha

Tashkilot to'g'risida ma'lumot:
To'liq nomi: O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti

Manzili: Toshkent shahri, Chingiz Aytmatov ko‘chasi, 2B-uy, 2-bino

Elektron pochtasi:  e-mail: info@nires.uz
https://t.me/nires_uz
Telefon: +998 97 443 24 75







Report Page