O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti yangi vakant lavozimlar uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.
https://t.me/nires_uzStajyor tadqiqotchi
Ish o'rni: Shtat jadvali bo'yicha
Hajmi: To'liq
Malaka talablari:
Ma'lumoti: Oliy ma’lumot, tegishli soha bo‘yicha 1 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi. Oliy o‘quv yurtlari (fakultetlari) kengashining tavsiyasiga ko‘ra o‘qish davrida tajriba to‘plaganlar istisno tariqasida kichik ilmiy xodim lavozimiga tayinlanishi mumkin.
Lavozim vazifalari: Mas’ul ijrochi rahbarligi ostida tasdiqlangan rejaga muvofiq mavzuning alohida bo‘limi (qismi) bo‘yicha ilmiy tadqiqot va ishlanmalar olib boradi. Tajribalarni amalga oshirishda qatnashadi, kuzatish va o‘lchash ishlarini olib boradi, ularga tavsifnoma yozadi va xulosalarni ta’riflab beradi. Tadqiq etilayotgan mavzu bilan bog‘liq ilmiy-texnik ma’lumotlar, mamlakatning o‘zidagi va xorijiy tajribalarni o‘rganadi. Mavzu yoki uning o‘ziga tegishli qismi bo‘yicha hisobot yozadi. Tadqiqot va ilmiy ishlanmalar natijalarini amaliyotga tatbiq etishda qatnashadi.
Qo‘shimcha ustunlik: xorijiy tillarni bilish, axborot kommunikatsiya tizimida ishlash, tahliliy va tashkiliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi.
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma.
Dam olish kunlari: shanba, yakshanba.
Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha
Tashkilot to'g'risida ma'lumot:
To'liq nomi: O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti
Manzili: Toshkent shahri, Chingiz Aytmatov ko‘chasi, 2B-uy, 2-bino
Elektron pochtasi: e-mail: info@nires.uz
https://t.me/nires_uz
Telefon: +998 97 443 24 75