O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti yangi vakant lavozimlar uchun ochiq  tanlov e’lon qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti yangi vakant lavozimlar uchun ochiq  tanlov e’lon qiladi.

https://t.me/nires_uz

Laborant
Ish o'rni: Shtat jadvali bo'yicha
Hajmi: To'liq

Malaka talablari:
Ma'lumoti:
Malakaviy talablar: Oliy ma’lumot yoki tegishli soha bo‘yicha ish stajiga ega o‘rta maxsus ma’lumot.

Lavozim vazifalari: Tadqiqot va ishlanmalar olib borish davrida laboratoriya tahlillari, sinovlari, o‘lchovlari va boshqa ishlarni bajaradi. Tasdiqlangan ish dasturiga muvofiq tadqiqotlar o‘tkazish jarayonida ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashda ishtirok etadi. Laboratoriya asbob-uskunalarining ishga yaroqliligini nazorat qiladi, ularni sozlashni amalga oshiradi. Ishlab chiqilgan yo‘riqnomalar va boshqa texnik hujjatlar asosida asbob-uskunalar va apparatlarni tekshirib boradi, eng oddiy sozlash ishlarini amalga oshirib, ularni tajriba-sinov o‘tkazishga tayyorlaydi. Tajriba-sinovlarni amalga oshirishda qatnashadi, zarur tayyorlov va yordamchi operatsiyalarni bajaradi, kuzatishlar olib boradi, asboblarning ko‘rsatishini o‘lchaydi, ish daftarini yuritadi. Muassasa bo‘limi xodimlarini ish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, hujjatlar va reaktivlar bilan ta’minlaydi. Metodik hujjatlarga muvofiq tahlillar, sinovlar, o‘lchovlarning natijalarini qayta ishlaydi, muayyan bir tizimga soladi va rasmiylashtiradi, ularning hisobini olib boradi. Muayyan manbalar, referat va ma’lumotnoma shaklidagi nashrlar, me’yoriy texnik hujjatlardan belgilangan topshiriqqa tegishli ma’lumotlarni tanlab olish bilan shug‘ullanadi. O‘tkazilayotgan tadqiqot va tajribalar bilan bog‘liq turli hisoblash va yozuv ishlari (diagrammalar, jadvallar, rejalar)ni bajaradi. Laboratoriya(bo‘lim)da amalga oshirilgan ishlar yuzasidan texnik hujjatlar tayyorlash va ularni rasmiylashtirishda qatnashadi. Sinov usullariga tegishli me’yoriy hujjatlar va standartlarni tahlil qilish, ishlab chiqish ishlarida qatnashadi. Sinov usullari bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqadi.

Huquqlari: O‘ziga tegishli lavozim vazifalari va majburiyatlaridan tashqari ko‘zda tutilmagan faoliyatni rad etish.

Ish sharoitlari: 

Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. 

Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. 

Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha

Tashkilot to'g'risida ma'lumot:
To'liq nomi: O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti

Manzili: Toshkent shahri, Chingiz Aytmatov ko‘chasi, 2B-uy, 2-bino

Elektron pochtasi:  e-mail: info@nires.uz
https://t.me/nires_uz
Telefon: +998 97 443 24 75



Report Page