O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi o‘rtasida 2022-yilga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi o‘rtasida 2022-yilga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi

Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

2021-yil 27-dekabr kuni videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletov va Rossiya Federatsiyasi adliya vaziri K. Chuychenko O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi o‘rtasidagi 2022-yilga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladilar.

Hamkorlik dasturida qonunchilikni takomillashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish tartibini raqamlashtirish, qonun hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish, tartibga solish siyosati (“tartibga solish gilyotinasi” mexanizmini amalga oshirishda), sud ekspertizasi va boshqa sohalarda tajriba almashish bo‘yicha tadbirlar ko‘zda tutilgan.

Hujjat ikki davlat adliya organlari o'rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashni ta’minlashga qaratilgan.

Imzolash marosimi yakunida tomonlar hamkorlik dasturining samarali amalga oshirilishiga umid bildirdilar.

 Ma'lumot uchun: hamkorlik dasturi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (22.07.2004 y.) asosida imzolandi.
Adliya vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bolimi

Report Page