O'zbekiston Milliy kutubxonasida "Yoshlar kuni" har galgidanda o'zgacha ruhda bo'lib o'tdi

O'zbekiston Milliy kutubxonasida "Yoshlar kuni" har galgidanda o'zgacha ruhda bo'lib o'tdi

https://t.me/natlibuz

Yurtimizda 2017-yildan buyon 30-iyun “Yoshlar kuni” sifatida nishonlanib kelinmoqda. Xususan, 2024-yil – “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan 30-iyun – “Yoshlar kuni”ni keng nishonlash hamda yoshlarning g‘oya va tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida, iyun oyi mamlakatimizda “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilindi.

O'zbekiston Milliy kutubxonasida ham ushbu bayram an’anaviy tarzda nishonlanib kelinadi. "Yoshlar kuni" munosabati bilan kutubxonamizda faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar oʻrtasida turli xil bellashuvlar, musobaqalar oʻtkaziladi va munosib taqdirlanadi. 

Bu yil ham ushbu bayram kutubxonamizda o'zgacha ruhda bo'lib o'tdi. Bayramda 5 ta jamoa o'zaro bellashishdi. Qizg'in va hayajonga boy bellashuv davomida ishtirokchilardagi yashirin iste'dodlar namoyon bo'ldi.

Hakamlar hayati a'zolarining uzoq baxs-munozaralaridan so'ng "Zo'rlardan zo'ri" jamoasini g'olib deb topishdi. Nafaqat ular, qolaversa, boshqa jamoalardan ham eng faol qatnashgan ishtirokchilar ham 5 xil nominatsiyalar bilan taqdirlanishdi.

Bu kabi tadbirlar yosh kadrlar o'rtasida jamoa bo'lib ishlash, bir-birini tushunish va o'z iqtidorini ko'rsata bilish ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.


Report Page