O'zbekiston Milliy Universiteti

O'zbekiston Milliy Universiteti

@EZGUTALIM

O'zbekiston Milliy universitetiga 1918-yilda asos solingan.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi bo'lgan bu oliy ta'lim muassasasidir. Universitet bir asrlik faoliyati davomida yuz mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlagan.


Universitet atoqli olimlaridan 23 nafari O'zbekiston fanlar akademiyasi prezidenti va vitsa-prezidenti etib saylanganlar, jami 107 nafar olimlar akademik darajasiga erishgan.


Universitet rektori 2021-yildan buyon Inom Urishevich Madjidov hisoblanadi. Umumiy talabalar soni 25 000 dan ortiqroq. Fakultetlar soni 14 ta. Yo'nalishlarga keladigan bo'lsak, kunduzgi yo'nalish bo'yicha 50 ta yo'nalishga hujjat topshirsangiz bo'ladi, sirtqida 18 ta, kechkida 18 ta va magistraturada 71 ta yo'nalishlar mavjud.


Oliygohda „OʻzMU xabarlari“ jurnali 1997-yildan buyon va „Milliy universitet“ gazetasi 1918-yildan buyon chiqarilib kelinmoqda. Universitet oʻz bosmaxonasiga ega boʻlib, unda har yili professorlar va oʻqituvchilarning 100 dan ortiq ilmiy asar va oʻquv metodik adabiyotlari nashr etiladi.


Universitet Talabalar turar joyi 2917 o`ringa mo`ljallangan 10 ta binodan iborat bo`lib, hozirda 3650 nafar talaba istiqomat qiladi. TTJda joriy ta`mirlash ishlari amalga oshirilganligini ham aytib o'tish joyiz.


Universitetda tahsil olgan ziyolilardan Ozod Sharafiddinov, Abdulla Oripov va Erkin Vohidov “O‘zbekiston Qahramoni” yuksak unvoni sohibidir. Iqtidorli talaba qizlarimizdan 36 nafari Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindoridir.


Siz ham tarixiy O'zbekiston Milliy Universitetida ta'lim olishni istarmidingiz?

O'zbekiston Milliy Universiteti


@ezgutalim -onlayn axborot portali


Instagram (https://www.instagram.com/ezgutalim/) | Facebook (https://www.facebook.com/ezgutalim) | Telegram (https://t.me/ezgutalim)

Report Page