O‘zbekiston Iqtisodiy Forumi 2021 da 50 dan ortiq xalqaro shartnomalar imzolandi, ular Markaziy Osiyoning eng gavjum davlatida 5 yillik qaytarilmas islohotlarni mustahkamlaydi

O‘zbekiston Iqtisodiy Forumi 2021 da 50 dan ortiq xalqaro shartnomalar imzolandi, ular Markaziy Osiyoning eng gavjum davlatida 5 yillik qaytarilmas islohotlarni mustahkamlaydi

MoliyaPress

O‘zbekistonning birinchi Xalqaro Iqtisodiy Forumi Toshkentda yakunlandi, bu islohotlarning keyingi bosqichiga va mamlakatning barqaror va inklyuziv o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun iqtisodiyotning 50 foizdan ko‘prog‘ini xususiylashtirishga mo‘ljallangan xususiylashtirish dasturiga zamin yaratadi.

O‘zbekiston – Toshkentda 2021-yil 30-sentabr kuni – O‘zbekiston Iqtisodiy Forumi 2021 Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va xususiylashtirish dasturini jadallashtirishga qaratilgan dadil majburiyatlar, kelishuvlar va yangi hamkorlik bilan yakunlandi. Dunyo bo‘ylab xalqaro moliya institutlari va xususiy sektorning

1200 dan ortiq yetakchilari fikr almashish, kelgusida yo‘lga qo‘yilgan imkoniyatlarni muhokama qilish va hukumat islohotlarini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirish uchun Poytaxtga tashrif buyurdi.

“Boshqa mamlakatlar o‘n yillar davomida qilgan ishlarni O‘zbekiston 5 yil ichida bajardi” – Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Byerde tadbirdan so‘ng, hukumatni hayot darajasini oshirish va ish o‘rinlarini yaratish majburiyatini ikki baravar oshirishga chaqirdi.

Mamlakat kelgusi besh yil mobaynida davlat aktivlarining qariyb to‘rtdan uch qismini sotish majburiyatini ta’kidlab, hukumat 600 mln. dollarlik xususiylashtirish shartnomalarini e’lon qildi: jumladan – Coca-Cola Bottlers Uzbekistan (CCBU) ning 57 foiz aksiyasini 250 mln. – Coca-Cola Icecek (CCI) va mamlakatning 5-yirik banki bo‘lgan Ipoteka kreditorining 75 foiz ulushi Vengriyaning OTP bankiga oshkor qilinmagan miqdorda.

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov islohotlarning qaytarilmasligini ta’kidlab, 2024-yilda birlamchi ommaviy taklif orqali dunyoning eng yirik uran va oltin ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan Navoiy

kon-metallurgiya kombinatining 10–15 foizini sotish mumkinligini e’lon qildi. Hammasi bo‘lib, infratuzilma va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan tortib moliyaviy xizmatlargacha bo‘lgan 55 ta shartnoma: jumladan, davlat-xususiy sheriklikda – 2,6 mlrd. doll.

Moliya vaziri Timur Ishmetov tadbirning o‘ndan ortiq panel muhokamasining so‘ngida so‘zga chiqib, hukumatning inklyuziv o‘sishga sodiqligini yana bir bor ta’kidladi: “Biz mahalliy hamjamiyat va har bir oila va biznesda ishonchni mustahkamlashni davom ettiramiz” – deb ta’kidladi. Prezident Mirziyoyev keyingi besh yilda – 2030-yilga kelib O‘zbekistonni o‘rtacha daromadli mamlakatga aylantirishni va aholining 11 foizini tashkil etuvchi qashshoqlikni ikki baravar kamaytirishni maqsad qilgan.  

Forumning oxirgi kunida, shuningdek, har bir sektorning keng ko‘lamli majburiyatlari ochildi, jumladan:

• teng bandlik va ko‘nikmalarni rivojlantirish orqali ijtimoiy imkoniyatlar va qiymat yaratish;

• moliyaviy xizmatlar: moliyalashtirishdan o‘tish imkoniyatini yaxshilash va KO‘B va jamiyatga imkoniyatlarni yaxshilash;

• infratuzilma, energetika va kommunal xizmatlar: xalqaro investorlarga kuchli moliyaviy daromad keltiruvchi ichki o‘sishni qo'llab-quvvatlash imkoniyatini yaratish.

Hukumat vakillari bu majburiyatlar hamkorlikka yanada chuqurroq zamin yaratishini, O‘zbekiston iqtisodiyoti va mamlakatning shakllanayotgan xususiy sektorini xalqaro investorlar uchun jozibador bo‘lishiga umid qilishlarini aytdi.

 

Forumga tegishli barcha ma'lumotlar bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

https://t.me/minfinuzb/4197

https://t.me/minfinuzb/4206

https://t.me/minfinuzb/4208

https://t.me/minfinuzb/4209

https://t.me/minfinuzb/4210

https://t.me/minfinuzb/4212

https://t.me/minfinuzb/4213

https://t.me/minfinuzb/4214

https://t.me/minfinuzb/4215


Forumga tegishli jonli efirlar:

https://t.me/minfinuzb/4205

https://t.me/minfinuzb/4222

https://t.me/minfinuzb/4236

https://t.me/minfinuzb/4259


Forumga oid video-lavhalar:

https://t.me/minfinuzb/4181

https://t.me/minfinuzb/4178

https://t.me/minfinuzb/4194

https://t.me/minfinuzb/4200

https://t.me/minfinuzb/4202

https://t.me/minfinuzb/4207

https://t.me/minfinuzb/4211


O‘zbekiston Iqtisodiy Forumi.

Report Page