“O‘zbekiston-2030” strategiyasi IT sohasini rivojlantirish ustuvor vazifalaridan biri 

“O‘zbekiston-2030” strategiyasi IT sohasini rivojlantirish ustuvor vazifalaridan biri 

Qobulova Zulayxo

Hozirgi zamon talabalaridan biri bo’lgan mavjud sohalarni raqamlashtirish masalasi har bir davlatning o’z oldiga qo’ygan ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Ushbu sohalarni raqamlashtirishda IT ga bo’lgan ehtiyoj va IT ni biladigan malakali kadrlarga bo’lgan ehtiyoj muhim ro’l o’ynaydi. Shu sababdan, yaqinda Prezidentimiz raisligida bo‘lib o‘tgan ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda ham oliy ta’lim tizimida uchrayotgan muammolarni bartaraf qilish, innovatsion va kreativ fikrlaydigan zamonaviy kadrlarni tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalash borasida ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Hozirgi kunda ushbu ustuvor vazifalarni bajarishda “O’zbekistron-2030” strategiyasida berilgan oliy ta’limga hamda IT sohasini rivojlantirishga doir ustuvor vazifalar aynisa ahamiyatga ega. Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga doir tashabbuslarning keng doirada joriy qilinishida IT sohasiga berilayotgan e’tibor buning yaqqol misoli desam adashmagan bo’laman. Yoshlarni IT sohasiga qamrab olish, ularga yangi texnologiyalarini jalb qilgan holda IT ni o’rgatish orqali biz mamlakatimizni rivojlanishiga ulkan hissasini qo’shuvchi malakali kadrlarni tayyorlashimiz mumkin.

O’tkazilgan videoselektor yig’ilishida muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan g’oyalar asosida “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tuzilib, ushbu komissiya har olti oyda prezidentga hujjat ijrosi haqida hisobot berib borishi topshirildi.

        Jumladan, «O‘zbekiston — 2030» strategiyasida jami 100 ta maqsad, 369 ta chora-tadbir, 190 ta vazifa, 306 ta maqsadli ko‘rsatkich bajarilishi va bu borada 118 ta normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu dasturi hujjatning ijrosidan yurtimizdagi har bir insonga – qulay imkoniyat, muayyan yengilliklar, moddiy va ma’naviy manfaat yetib, har qaysi oila va xonadon obodlik, to‘kinlik, fayz va baraka topadi. Bundan kelib chiqib aytadigan bo’lsak yurtimizda yoshlarga davlat tomonidan berilayotgan e’tibor va g’amxo’rlikning yildan –yilga oshib borayotgani yaqol misol bo’ladi. Ayniqda, bu borada Bosh qomusimizda yosh avlodning huquq va manfaatlari aniq moddalar bilan muhrlab qo‘yilgani hamda IT sohasiga artilayotgan e’tibor ayniqsa ahamiyatli.

Raqamli infratuzilmani rivojlantirishda, davlat organlari va ijtimoiy ahamiyatga ega subyektlarni raqamlashtirishda, har bir sohada raamlashtirishni joriy qilinishida hamda ushbu sohalarga innovatsion qurilmalarni joriy qilishda malakali, yuqori bilimga ega kadrlarga ehtiyoj kata. Bu borada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialida ushbu sohaga doir fanlarni chuqurlashtirilgan holda o’rgatish, ta’limning yangicha metodlarini ishlab chiqish, moddiy-texnik va o’uv uslubiy ta’minotni yaxshilash kabi bir qator qator ishlar amalaga oshirilmoqda. Shuningdek, filial professor-o’qituvchilarining malakasini oshirishda chet el universitetlari professor-o’qituvchilarini jalb qilish bo’yicha ham keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.



Report Page