"O'zbek xalq dostonlari" nomli ko'rgazma tashkil etildi.

"O'zbek xalq dostonlari" nomli ko'rgazma tashkil etildi.

@PAXTAKORAKM



8-iyul kuni Paxtakor tuman Axborot kutubxona markazida "Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish" yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida 1-maktab kutibxonachisi va Targ'ibotchisi bilan birgalikda hamda "Kitobxonlar klubi "a'zolari ishtirokida  xalq og'zaki ijodi "RAVSHANXON" dostoni kitobi asosida davra suhbati bo'lib o'tdi. Tadbirda "Kitobxonlar klubi " a'zolari ushbu doston yuzasidan bir birlari bilan fikr almashishdilar. Xalq og'zaki ijodi ushbu dostonda o'zbek xalqining azal-azaldan imon-e'tiqod, or-nomus, islom dininig va sof muhabbatning ulug'lanishini, haqiqatning doimo g'alaba qozonishi yorqin ranglarda aks ettirilgan.O'zbek xalq dostoni "RAVSHANXON" dostoni o'z haqqoniyligi bilan kitobxonlarni maftun etgan.Davra suxbatimizda "O'zbek xalq dostonlari" nomli ko'rgazma tashkil etildi. Tadbirda 20ta kitobxon ishtirok etdi.

Report Page