O'zbegim qizlari.

O'zbegim qizlari.


Yasharish,yangilanish fasli- bahor kirib kelganligini qizlarimizning tashqi qiyofasidan,kayfiyatidan ko'rishimiz mumkin.O'zbegimning qizlari boshqa millat qizlaridan o'zining ibo-hayosi, milliyligi, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo'lishi bilan ajralib turadi.Shu munosabat bilan Kogon shahar 3-umumta'lim maktabida odobli, ilmga chanqoq, chaqqon, qo'li gul, orasta qizlar o'rtasida " Balli qizlar" ko'rik tanlovi bo'lib o'tdi

Bunda qizlar beshta shart bo'yicha o'zaro bellashib, o'z iste'dodlarini namoyon qildilar.

Ibo- hayo sizdadir, go'zal o'zbek qizlari,

Malohatda tengi yo'q, yuzlari qirmizlari,

Kiysangiz yarashadi xon atlas ko'ylaklar,

Boshingizda barq urar yoqut naqshiy do'ppilar.


Kogon shahar 3-maktab matbuot xizmati.



Report Page