"O‘zavtosanoat" kooperatsion aloqalarni kengaytirishga taklif etadi!

"O‘zavtosanoat" kooperatsion aloqalarni kengaytirishga taklif etadi!

March 26, 2024

“O‘zavtosanoat” AJ sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda etakchi sohalardan bo‘lib, barcha yo‘nalishlarda boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, importni qisqartirish hamda mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish hisobiga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarda mahalliy xomashyo va materiallardan foydalanish darajasi oshirish maqsadida Andijon viloyatidagi "Sanoat XABI" maxsus sanoat zonasida ko‘rgazma hamda biznes uchrashuv tashkil etildi.

Yarmarka doirasida tashkil etilgan muloqotlarda qatnashchilar "O‘zavtosanoat" AJ tarkibiy tarmoq korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar qolaversa, mahalliylashtirish, avtomobillarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan butlovchi qismlar, xom-ashyo va materiallarni ishlab chiqarish bo‘yicha kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash borasida fikr almashdilar. Mazkur tadbir sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar maydoniga aylandi.

Shuningdek, ishtirokchilar e’tibori import qilinadigan butlovchi qismlar namunalariga qaratildi. Yillik ehtiyojlar qolaversa, ehtiyot qismlar toifalari, mahalliylashtirish jarayonlari va yetkazib beruvchilarga qo‘yiladigan talablar ham mehmonlarda qiziqish uyg‘otib, ayni masalalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad “O‘zavtosanoat” AJ potensial hamkorlar hamda ishbilarmon doira vakillari bilan ochiq hamda samarali muloqot o‘rnatish, soha rivojiga dahldor mavzularda qizg‘in muhokamalar olib borish, shuningdek, mahalliylashtirish bo‘yicha ilg‘or loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va jamiyat tarkibiy tarmoq korxonalari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan.

Bundan tashqari yarmarka doirasida “O‘zavtosanoat” AJ tarkibiy tarmoq korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan butlovchi qismlar va materiallar koʻrgazmali tarzda namoyish etilmoqda.

"Sanoat XAB" maxsus sanoat zonasida tashkillashtirilgan ko‘rgazma joriy yilning  5-apreliga qadar davom etadi. 




Report Page