"O‘zavtosanoat" badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston jamoasini tabriklaydi!

"O‘zavtosanoat" badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston jamoasini tabriklaydi!


“O‘zavtosanoat” AJ jamoasi badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini Thiais (Fransiya) shahrida bo‘lib o‘tgan Gran-pri chempionatida erishgan yorqin natijalari bilan samimiy tabriklaydi hamda O‘zbekiston bayrog‘ini jahon shohsupasida ko‘rish imkoniyatini taqdim etgani uchun yana bir bor sportchilarimizga minnatdorlik bildiradi.

Ko‘pkurash bahslarida Taxmina Ikromova O‘zbekistonga oltin medalni taqdim etdi. Guruh mashqlari bo‘yicha jamoamiz uchta lenta va ikkita to‘p bilan mashq bajarishda bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Taxmina Ikromova, Mumtoz Isxoqzoda, Shaxzoda Ibrohimova, Iroda Sodiqova, Evelina Atalyans, Amaliya Mamedova qolaversa, ularning murabbiylari Liliya Vlasova, Ra'no Muhammedova va Luiza G‘aniyevani munosib taqdirlanganliklari bilan muborakbod etamiz.

Ushbu g'alaba bundan-da yuksak mukofotlar va xalqaro maydondagi e'tirofga davomli qadam bo'lsin! “O‘zavtosanoat” jamoasi nomidan yangi marralarni zabt etib, munosib mukofotlarni qo‘lga kiritishingizni tilab qolamiz!

“O‘zavtosanoat” uzoq yillardan buyon ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha faol siyosat olib bormoqda va O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining bosh homiysi hisoblanadi.

Kompaniya milliy sportni rivojlantirishga ko‘maklashishni muhim va ustuvor maqsadlardan deb biladi hamda O‘zbekistonda gimnastikasiga homiylik qilishda davom etadi.





Report Page