“O‘zavtosanoat” AJ boshqaruv raisi Shavkat Umurzoqov O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti etib saylandi

“O‘zavtosanoat” AJ boshqaruv raisi Shavkat Umurzoqov O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti etib saylandi

UzAuto

22 fevral kuni UzAuto kompaniyasining Toshkentdagi bosh ofisida O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasi bo'lib o'tdi. Unda “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti etib saylandi.

Gimnastika federatsiyasi prezidentligiga nomzodni tayinlash ovoz berish yakunlariga ko‘ra bo‘lib o‘tdi va Konferensiya ishtirokchilari ushbu mas’uliyatli lavozimga Shavkat Umurzoqovni bir ovozdan ma’qulladilar.

Ta’kidlash joizki, Shavkat Umurzoqov rahbarligida “O‘zavtosanoat” uzoq yillar davomida O’zbekiston gimnastika Federatsiyasining bosh homiysi bo‘lib kelgan.

Konferensiya davomida Shavkat Umurzoqov o’sib kelayotgan yosh avlod hayoti, rivojlanishi uchun sport muhim ahamiyat kasb etishini qayt etib, Federatsiyaning Olimpiya harakatlarida yuksak nufuzga erishganini alohida ta’kidladi:

– Bugun O‘zbekiston gimnastikasi, bular o'z ishiga fidokorona sodiq bo'lgan ism va chehralari yorqin gimnastikachilar, murabbiylar, shifokorlar va Federatsiyaning butun do'stona jamoasidir. Bugungi kunda O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi dunyoning 162 ta milliy federatsiyalar kuchli 10 taligidan joy oldi...” dedi u. 

“O‘zavtosanoat” ko‘p yillardan buyon milliy gimnastikaga katta yordam ko‘rsatib kelmoqda. Kompaniya rahbariyati bundan keyin ham ushbu xayrli an’anani davom ettirish va sportchilarning yuksak natijalarga erishishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishni maqsad qilmoqda.



Report Page