"O‘zavtosanoat" AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi reytingida “yaxshi” natijani qayd etdi!

"O‘zavtosanoat" AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi reytingida “yaxshi” natijani qayd etdi!


Davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi reytingi baholandi. Unda "O‘zavtosanoat" aksiyadorlik jamiyati 82 ball bilan “yaxshi” natijani qayd etdi.

Bugungi kunda "O‘zavtosanoat" AJning Komplayens, ishlab chiqarish va moliyaviy xavflarni monitoring qilish Departamenti va unga bo‘ysunuvchi tizim korxonalari komplayens xizmatlarida malakali mutaxassislar faoliyat olib borib, ularning barchasi ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi” xalqaro standartiga muvofiq “Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimining menejeri/ichki auditori” sertifikatini qo‘lga kiritgan.

Ta’kidlash joiz, joriy yilning o‘tgan davri davomida korrupsiyaga qarshi kurashish, keng qamrovli xavflarni monitoring qilish va aniqlash bo‘yicha Komplayens, ishlab chiqarish va moliyaviy xavflarni monitoring qilish departamenti tomonidan qator tizimli va samarali ishlar amalga oshirildi. Jumladan:

- Korrupsiya haqida xabar berishga mo‘ljallangan aloqa kanallari ishlash samaradorligi oshirildi, ularda murojaatlarni avtomatik yozib olish, anonim murojaatlarni qoldirish imkoniyati yaratildi;

- Vakant o‘rinlarga kadrlarni tanlov asosida qabul qilish tizimi takomillashtirildi;

- Mehnat shartnomalariga korrupsiyaga qarshi shartlar kiritildi;

- Korrupsiya holatlari haqida xabar berish mexanizmi, xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish, ularning ta’qibga olinmasligi bo‘yicha ichki hujjat ishlab chiqildi;

- Xodimlar tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyani to‘ldirish yakuniga yetkazildi;

- Jami 6661 nafar xodimlardan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiya olinib, 124 ta holatda manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi aniqlandi va bartaraf etildi;

- Kontragentlar ustidan tekshiruvlar o‘tkazish tizimi takomillashtirildi;

- Jamiyatning funksiya va vazifalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash bo‘yicha baholash o‘tkazildi;

- Tizim korxonalari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari tomonidan OAV va tadbirlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chiqishlari tashkil etilib, OAV va fuqarolar bilan muloqoti o‘rnatildi;

 Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xodimlarning bilim va ko‘nikmalari muntazam ravishda oshirib borilmoqda. 

"O‘zavtosanoat" AJ faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2023-yil davomidagi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlar qay darajada samarali amalga oshirilgani baholandi.

  Bu yil 95 ta davlat tashkiloti, jumladan, 36 ta davlat tashkiloti ilk marotaba, qolgan 59 tasi esa takroran baholashdan o‘tkazilgan bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholandi.

  Baholash natijalariga ko‘ra, mazkur tashkilotlarning faoliyat samaradorligi quyidagi toifalarga ajratildi: 

 

42 tasi “yaxshi” (81-100 ball)

  38 tasi “qoniqarli” (55-80 ball)

  15 tasi “qoniqarsiz” (55 balldan past)




Report Page