Ozarbayjonning “PASHA holding” rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Ozarbayjonning “PASHA holding” rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi


“InMerge” Innovatsion sammiti tashkilotchisi, “PASHA holding” rahbari Jalal Gasimov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir nechta masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida J. Gasimov xolding tomonidan moliyalashtiriladigan biznes turlari va kompaniyalar to‘g‘risida axborot berib, IT-startaplar va ko‘chmas mulkka o‘z mablag‘larini yo‘naltirishini va O‘zbekistonda yirik IT-kompaniyalar bilan aloqa o‘rnatishga tayyorligini bildirdi.

Shu bilan birga, 2024-yilning boshida O‘zbekistonda IT va ko‘chmas mulk bozorini o‘rganish uchun xolding delegatsiyasi tashrif buyurishini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun: PASHA holding – 2006-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bank va moliya, sug‘urta, axborot texnologiyalari, chakana savdo, qurilish, mehmonxona biznesi va qishloq xo‘jaligi, mulkni rivojlantirish va turizm sohalariga sarmoya kiritadi.

Report Page