“O’zagroinspeksiya”ning 3-4-sonli Hay’at yig’ilishi kun tartibida ko’tarilgan masalalar

“O’zagroinspeksiya”ning 3-4-sonli Hay’at yig’ilishi kun tartibida ko’tarilgan masalalar


Inspeksiya boshlig‘ining joriy yil 3 aprelda 3-sonli Hay’at yig‘ilishida kun tartibidagi masala “O‘zagroinspeksiya”ga 2023 yilning I-choragida kelib tushgan murojaatlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan axboroti. Xususan, 2023 yilning I-choragi davomida Inspeksiyaning Markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat boshqarmalariga jami  162 ta murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlar belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan. Shundan 13 tasi takroriy va 3 tasi dublikat murojaatlarni tashkil etadi. Kelib tushgan murojaatlardan 23 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa idoralarga yuborilgan,

Inspeksiya tomonidan ko‘rib chiqilgan 121 ta murojaatdan 56 tasi qanoatlantirilgan, 65 tasiga tushuntirish berilgan.

Inspeksiya xodimlari tomonidan 2023 yilning I-choragida 10 300 ta jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillari qabul qilingan.

2. Inspeksiya boshlig‘ining joriy yil 10 aprelda 4-sonli Hay’at yig‘ilishida kun tartibida 2 masala - 2023-yil 28-fevraldagi 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga etibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi PF-27-son Farmoni ijrosini ta’minlash to‘g‘risida.

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-6166-son Farmoni hamda 2021 yil 31 maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5132-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2023 yil I-chorak yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan axboroti 2023-yil 28-fevraldagi 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga etibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi PF-27-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Axborot-tahlil ijro-intizomi va ma’muriy amaliyot boshqarmasining hisoboti eshitildi.

Hisobotda mazkur farmonga muvofiq “O‘zagroinspeksiya”ning 2023-yil

18-mart kunidagi Inspeksiya boshlig‘i tomonidai tasdiqlangan 15 ta banddan iborat “Chora-tadbirlar rejasi” bo‘yicha joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muxokama qilindi.

Shuningdek, mazkur “Chora-tadbirlar rejasi” ijrosi yuzasidan har oy yakuni bo‘yicha yuqori turuvchi tashkilotlarga axborot kiritib borilishi alohida ko‘rsatib o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5132-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2023-yil I-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ham hisobot berildi.

Xususan, Inspeksiyada 2023 yilning yanvar-mart oylarida 83 ta hujjat, ya’ni 12 ta O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2 ta Oliy Majlis qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12 ta Farmoni, 29 ta Qarori hamda Prezidenti Administratsiyasining Farmoyishi 1 ta Vazirlar Mahkamasining 27 ta qarori va farmoyishi ro‘yxatga olinib, mas’ul xodimlar belgilandi, tarkibiy va hududiy bo‘linmalarga elektron shaklda yetkazildi hamda ularning matnidagi normalarning mohiyati va ahamiyati barcha darajadagi rahbarlar va xodimlarga tushuntirish, shuningdek, mustaqil o‘qib-o‘rganilishi tashkillashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-sonli qaroriga muvofiq “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali Inspeksiyaga yuborilgan 6 ta qonunchilik hujjatlari, shu jumladan, 3 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, 2 ta qarori va 1 ta Vazirlar Mahkamasi topshirig‘ining ijrosi yuzasidan ochilgan 12 ta nazorat varaqlari bo‘yicha hujjatlar ijrosi belgilangan muddatlarda ta’minlanmoqda.



Report Page