“O‘zagroinspeksiya”ning 2023-yildagi 1 -sonli Hayʼat yig‘ilishi yuzasidan Press-reliz

“O‘zagroinspeksiya”ning 2023-yildagi 1 -sonli Hayʼat yig‘ilishi yuzasidan Press-reliz

UZAGROIN

Joriy yilning 17-yanvar kuni O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Hayʼat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Inspeksiyaning markaziy apparati tarkibiy tarmoqlari rahbarlari, bo‘lim boshliqlari, barcha xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari rahbarlari, o‘rinbosarlari, tuman bo‘limlari, Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi rahbarlari qatnashdi.

Yig‘ilish kun tartibidan 2 ta dolzarb masala o‘rin olgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 iyuldagi Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 467-son qarori ijrosi hamda 2022 yil II-yarim yilga mo‘ljallangan ish rejasining bajarilishi va 2023 yil I-yarim yilga mo‘ljallangan ish rejasiga takliflar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasining 467-son qarorning “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va samaradorligini baholashning tashkiliy sxemasi”ga asosan 2022-yilda belgilab olingan asosiy mezonlar ijrosi yuzasidan erishilgan natijalar bayon etilib, yutuq va kamchiliklar sanab o‘tildi.

Xususan, 2022-yilga mo‘ljallangan Inspeksiyaning 109.7 mlrd.so‘mlik prognoz ko‘rsatkichlari amalda 111.7 mlrd.so‘mga yoki 101.8 foizga bajarilganligi to‘g‘risida maʼlumot berildi.

Yig‘ilish yakuni bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 467-son qarori ijrosi va 2022-yil II yarim yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axborotlar maʼlumot uchun qabul qilindi hamda Inspeksiya markaziy apparatining 2023-yil I yarim yilga mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlandi.

Inspeksiya Axborot xizmati

Report Page