“O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUKga ishga qabul qilish masalasi bo‘yicha bitiruvchilar uchun tanlov

“O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUKga ishga qabul qilish masalasi bo‘yicha bitiruvchilar uchun tanlov


«O‘zaeronavigatsiya» Markazi DUK tomonidan 29-30 may kunlari ICAO shkalasi bo‘yicha ingliz tilining 4-darajali sertifikatiga ega bo‘lgan ta’lim muassasalari bitiruvchilarining «Havodagi harakatni boshqarish» mutaxassisligi bo‘yicha navbatdagi tanlovi o‘tkaziladi. 

Ushbu tanlovda qatnashish imkoniyati 19 yoshdan kichik bo‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan, o‘zbek, rus va ingliz tillarini biladigan, «Havodagi harakatni boshqarish» yo‘nalishi bo‘yicha ma’lumotli diplomga ega bo‘lgan shaxslarga beriladi.

Izoh: xorijiy oquv yurtini tugatganligi to‘g‘risidagi diplom egalari qo‘shimcha ravishda mazkur xorijiy diplomni nostrifikatsiya qilish jarayonining ijobiy qarori bilan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi lozimdir.

«Nomzodlarni ro‘yxatga olish»ning 1 -bosqichi 2024 yil 29 may soat 09.00 dan    16.30 gacha bo‘lib o‘tadi.

 Taʻlim muassasalari bitiruvchilari ro‘yxatdan o‘tishlari shart, shundan so‘ng ular tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritiladi (ushbu tartibotni o‘tkazilish zarurligi, barcha tegishli hujjatlarni, hamda tanlovni rejalashtirishni tashkil etish bilan bog‘liq).

Ro‘yxatdan o‘tish uchun nomzod qabul komissiyasi kotibiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

- Pasport (nusxasi);

- Baholash varaqasi bilan o‘quv yurtini tugatish to‘g‘risidagi diplom (nusxasi);

(“Havo harakatini boshqarish” yo‘nalishi bo‘yicha 4-kursda o‘qishni tasdiqlovchi TSTU ma’lumotnomasi).

- IKAO baholanishi mezonlariga asosan 4-darajali ingliz tili sertifikati (nusxa).


 




Report Page