“O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK Avstriya delegatsiyasi bilan istiqbolli hamkorlikni muhokama qildi

“O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK Avstriya delegatsiyasi bilan istiqbolli hamkorlikni muhokama qildi


“O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK Avstriya moliya vaziri o‘rinbosari Andreas Rayxardt boshchiligidagi Avstriya delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvda tomonlar oʻrtasidagi hamkorlikning asosiy jihatlari muhokama qilindi.

“Oʻzaeronavigatsiya” Markazi DUK va Avstriyaning aviatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi milliy provayderi “Astro Control” oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama mavzusi boʻldi. Shuningdek tajriba almashish va qoʻshma loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari masalasi muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida“O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK Avstriya bilan innovatsion loyihalarni moliyalashtirish va amalga oshirish doirasida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

 



Report Page