Oylikbot takomillashtirildi

Oylikbot takomillashtirildi

uzasbouz

Byudjet tashkilotlari xodimlari o'zlariga hisoblangan ish haqi to'g'risida telegramdagi @oylikbot orqali ma'lumot olib kelishardi. Mazkur bot bir qancha qo'shimcha funksiyalarni kiritish orqali yanada takomillashtirildi.

  1. Bot bilan ishlashda o'zbek (lotin va kirill alifbosida) va o'ris tillaridan birini tanlab, foydalanish mumkin bo'ldi.
  2. Ma'lumot olish uchun endilikda JSHSHIR - jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini ham kiritilishi talab etiladi. Bu orqali telefon raqami xato kiritilgan xodimlarning ma'lumotini boshqa shaxslar ololmaydi. JSHSHIR - bu fuqarolik pasportining quyisidagi 14 ta raqamdir, uni aniqlash quyidagi rasmda ko'rsatilgan tartibda amalga oshiriladi. Bu yerda 3 raqami erkak kishi ekanligini bildiradi (ayollarda 4 raqami bo'ladi, 2000-yildan keyin tug'ilganlarda esa mos ravishda 5 va 6 raqamlari bo'ladi), undan keyingi 6 ta raqam esa tug'ilgan sanani bildiradi.

Botda Sozlamalarga kirib, JSHSHIRni o'zgartirish bandi tanlandi va fuqarolik pasportidagi raqam kiritildi. Shundan so'ng ham bot Telefon raqam biriktirilgan xodimdagi JSHSHIR bilan siz ko‘rsatgan JSHSHIR bir xilmas deb xatolik bersa, tashkilot buxgalteriyasiga murojat qilish kerak bo'ladi, chunki xodimning ma'lumotida boshqa JSHSHIR turgani uchun uni hisobchi to'g'rilab qo'yishi kerak bo'ladi. Natijada pasportda boshqa JSHSHIR va tashkilotda boshqa JSHSHIR turgan holatlar ham to'g'rilanadi.

3. Telefon raqami o'zgargan xodimlar botda avvalgi ma'lumotlarni ham saqlab qolgan holda telefon raqamini o'zgartirishi mumkin bo'ldi. Buning uchun Sozlamalarga kirib, Telefon raqamni o'zgartirish bandi tanlanadi.

4. Bot avtomatik tarzda tanlash uchun joriy sanadan avvalgi 12 oyni ko'rsatadi. Undan avvalgi davrlar ma'lumotini olish uchun tegishli yil va oyni 2021-01 kabi shaklda yozib kiritish kerak bo'ladi.

5. Avval ma'lumot kelishi uzoq vaqt olardi. Endilikda tegishli ma'lumotlar qisqa vaqt ichida keladigan qilindi.

6. Botda ish haqiga doir barcha ma'lumotlar kelayotganligi uchun buxgalteriyaga ish haqi to'g'risida ma'lumot olish uchun borishga hojat qolmadi.

  • xodim ishlaydigan bo'linma, bo'lim, tabel raqami, JSHSHIR, telefon raqami kabi ma'lumotlar ham ko'rinadigan qilindi;
  • agar xodim bir nechta tashkilotda ishlasa, uning ma`lumotlari alohida xabar shaklida ko`rinadigan qilindi;
  • har bir lavozimning yonida shu lavozim boʻyicha xodim necha stavkada ishlayotganligi boʻyicha maʼlumot koʻrinadi. Agar xodim 1 stavkada ishlayotgan boʻlsa bu maʼlumot koʻrinmaydi;
  • har bir lavozim boʻyicha xodimning okladi qancha, shu lavozim boʻyicha xodimga tabel qay tartibda toʻldirildi va xodim ishga qabul qilingan ish vaqti grafigi boʻyicha tegishli oyda ish vaqtining davomiyligi qanchani tashkil etishi boʻyicha maʼlumotlar koʻrinadigan qilindi;
  • hisoblanadigan toʻlov turlarining agar ular maʼlum bir boshqa toʻlovlardan (oklad, mehnatga haq to'lashning ekg kam miqdori) protsent asosida hisoblab chiqarilsa, shuning necha protsent ekanligini tegishli toʻlov turining yonida qavs ichida koʻrinadigan qilindi;
  • tabelda soati koʻrsatiladigan mehnatga soatbay haq toʻlash, tungi vaqtdagi ishlangan soatlar, dam olish va bayram kunlari ishlangan soatlar uchun haq toʻlash, daftar tekshirish kabi toʻlovlarning yonida ham soati koʻrinadigan qilindi;
  • agar xodim bir paytning oʻzida bir necha lavozimda ishlasa, unga har bir lavozim boʻyicha qancha ish haqi hisoblanganligini ham koʻrish mumkin;
  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining pastida shuning qancha qismi SHJBPH (INPS) badali ekanligi boʻyicha ham maʼlumot koʻrinadi;
  • agar xodimning qoʻliga tegadigan ish haqi boʻyicha davr boshida (Ostatok na nachalo) va davr oxirida qoldiq (K vidache) bo'lsa, bu ham ko'rinib turadigan qilindi, 0 soʻmga teng boʻlsa, bu boʻyicha maʼlumot koʻrinmaydi.

Report Page