Oxus universiteti rektori, Malayziyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Oxus universiteti rektori, Malayziyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi


Oxus universiteti rektori Professor Dato‘ Sri Daing Nasir Ibrahim, Malayziyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Ilham Tua Illias bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Oxus universitetining Malayziya davlatidagi nufuzli universitetlar bilan o'zaro hamkorligi, Malayziyaning taʼlimda erishgan yutuqlarini o'rganish va ulardan oliygohimiz ta'lim tizimini rivojlantirishda unumli foydalanish masalalari muhokama qilindi. 

Shuningdek, Malayziya kompaniyalarining O‘zbekiston yoshlari, jumladan Oxus universiteti talabalarini amaliyot o‘tash va bitiruvchilarini ishga jalb etish imkoniyatlari bo‘yicha fikrlar almashildi. Elchi janoblari Oxus universitetining O‘zbekistonda sifatli taʼlimni yo‘lga qo‘yishdagi maqsadi va rejalariga katta qiziqish bildirdi hamda Malayziya universitetlari va kompaniyalari bilan o'zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda ko'mak berishini bildirib o'tdi



Report Page