“Ovqatlanishni tashkil etish va servis” kafedrasida navbatdagi dual mashg`ulotida

“Ovqatlanishni tashkil etish va servis” kafedrasida navbatdagi dual mashg`ulotida


Dual ta’lim tizimi – ixtisoslashgan ta’lim turi bo‘lib, talaba nazariy bilimlarni ta’lim muassasasida, amaliy ko‘nikmalarini esa bevosita ish joyida, ya’ni tashkilotda olish imkoniyatini yaratib beradi. Dual ta’limining asosiy maqsadi ta’lim muassasasi va ish beruvchilarning sa’y-harakatlari amaliy mashg‘ulotlarning asosiy omili sifatida birlashtirib, talabalarning kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishdan iborat.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi “PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMIDA DUAL TA’LIMNI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA"gi VM-163-son qarori ijrosini ta`minlash maqsadida “Kimyoviy va oziq ovqat texnologiyalari” fakulteti “Aholi va turistlar ovqatlanishini tashkil qilish servisi” yo`nalishi 113-20 guruh talabalari ishtirokida “Ovqatlanishni tashkil etish va servis” kafedrasi o‘qituvchisi G.F.Ruziyeva tomonidan "Turizm: nazariya va amaliyot" fanidan “DERA” mehmonxonasida navbatdagi dars o`tkazildi.

Kasbiy dual ta’limi tizimining kontseptsiyasi o‘quv va ishlab chiqarish jarayonlarini birlashtirish orqali mutaxassislarni tayyorlashda amaliy yo‘nalishni kuchaytirishga asoslanadi, bu esa o‘quv muassasalari bitiruvchilarining kasbiy harakatchanligini sezilarli darajada oshiradi. Dual ta’lim tizimi samarali va moslashuvchan mexanizm bo‘lib, turli soha korxonalari tomonidan bozor iqtisodiyotining zamonaviy sharoitlarida talab yuqori bo‘lgan malakali mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradi.

Bunday mashg`ulotlarning tashkillashtirilishi talabalarning amaliy bilimlarini rivojlantirish uchun asos bo`lib xizmat qiladi.

Report Page