“Ovqatlanishni tashkil etish va servis” kafedrasida “Parhez ovqatlanish salomatlik garovi” nomli tadbir o‘tkazildi

“Ovqatlanishni tashkil etish va servis” kafedrasida “Parhez ovqatlanish salomatlik garovi” nomli tadbir o‘tkazildi


Joriy yilning 13-dekabr sanasida “Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari” fakulteti “Ovqatlanishni tashkil etish va servis” kafedrasi tomonidan “Parhez ovqatlanish salomatlik garovi” nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirda I bosqichdan IV bosqichgacha bo`lgan talabalar jamoaviy tarzda faol ishtirok etishdi. 4ta vitaminlar, yosh dietologlar, диетологи jamoalari 3ta shart asosida o`zaro bellashdilar. Bellashuv doirasida guruhlar o`zlarining ijodiy qobiliyatlarini ham namoyon etishdi. Shartlar doirasida har bir jamoa ikkitadan parhez stollarini ularning xususiyatlari bo`yicha taomnomaga asosan tayyorladilar. Tayinlangan hakamlar hay`ati jamoa stollarining bezatilganlik xususiyatiga, taomlarning parhezga mosligiga, shu bilan birga savol javob asosida talabalar bilimlariga baho berishdi.

Guruhlar eng faol, eng bilimdon, eng chaqqon, eng ijodkor va eng epchil guruh nominatsiyalari bo`yicha faxriy yorliq va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar. Tadbir davomida nafaqat talabalar bilimi baholandi, balki kafedrada nechi yillar davomida faoliyat olib borayotgan professor o`qituvchilar N.Sh.Qulliyev, Z.M.Amonova, M.Z.Ashurovalar qo`l ostida ish olib borib, “Ustoz-shogird” an`analarini davom ettirayotgan asistent-o`qituvchilar D.Kalonova, G.F.Ruziyeva K.M.Kudratovna, D.F.Zaripovalar singari asistent o'qituvchilar bilimi va kasb mahoratiga baho berildi. Tadbir so`ngida fakultet dekani R.T.Adizov so`zga chiqib, bunday tadbirlarning davomiy bo`lishi va bundanda yuqori masshtabda o`tkazilishini tilab qoldi. Yuqori kayfiyatda o'tgan tadbir hammaga yoqdi.

Report Page