Otlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo'lgan shaxslar ma'muriy javobgarlikka tortildi

Otlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo'lgan shaxslar ma'muriy javobgarlikka tortildi


Bir muddat avval ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda  Otchopardagi otlar nobud bo‘lishi bilan bog'liq xavotirli vaziyat haqidagi xabarlar keng jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘lgan edi.

Unga ko’ra, Chilonzor tumani huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi va Milliy gvardiya tomonidan hayvonlarni xavfli vaziyatda qoldirilishi oqibatida ikki bosh otning nobud bo’lishi hamda qolgan otlarning holsizlanishiga sabab bo‘lganligi yuzasidan barcha fakt va omillar hisobga olinib, tekshiruv o‘tkazildi.  

Yakuniy tekshiruv natijalariga ko‘ra, otlarning holsizlanishi va nobud bo’lishida aybdor bo‘lgan shaxslar – 1958-yilda tug‘ilgan S.A. va 1958-yilda tug‘ilgan U.A.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi, 1-qismida (“Hayvonlarga nisbatan shavqatsiz munosabatda bo‘lish”) nazarda tutilgan huquqbuzarlik bo'yicha bayonnomalar rasmiylashtirildi va ularning har biriga 900 ming so‘mdan jarima solindi. Bundan tashqari, Otchopar rahbariyatini almashtirish masalasi ham ko'rib chiqilmoqda.


Report Page