Ostona — «poytaxt»

Ostona — «poytaxt»

https://t.me/centerasiastudy

Qozog‘iston poytaxti o‘tgan asrning 30-yillaridan shaharga aylana boshlagan. O‘sha paytlarda bu shahar Oqmola deb atalgan va unda ikki mingdan sal ko‘proq kishi istiqomat qilgan.

«Oqmola» nomining so‘zma-so‘z tarjimasi «oq qabr» ma’nosini bildiradi. Hududning bunday nomlanishi Oqmoladan ko‘plab karvon yo‘llar o‘tgani va ularga jung‘orlarning muttasil hujum qilgani bilan izohlanadi.

Boshqa bir taxminga ko‘ra, Oqmola savdo yo‘lida joylashgani bois bu yerda juda ko‘p sut mahsulotlari (qimiz, qimron va hokazo) sotilgan va shu sabab hudud «oqmo‘la», ya’ni «oq mo‘l-ko‘lchilik» deb atalgan.

Ba’zi qozoq tarixchilari esa «Oqmola» so‘zi «muqaddaslarning muqaddasi» ma’nosini berishini ta’kidlaydi.

1961 yilda shahar nomi Tselinogradga o‘zgartirilgan va mustaqillikdan so‘ng, 1992 yilda yana asl nomiga qaytarilgan.

1998 yilda Qozog‘iston respublikasi poytaxti Olmaota shahridan Oqmola shahriga ko‘chiriladi. Shu munosabat bilan Oqmola shahri nomi Ostona deb o‘zgartiriladi. «Astana» so‘zi esa qozoq tilida «poytaxt» ma’nosini bildiradi. Shunday qilib, qo‘shnilarimiz yangi poytaxtning statusini mustahkamlash va ta’kidlash uchun ham unga shunchaki «poytaxt» nomini bergan.


Report Page