Oson paxlava 😋

Oson paxlava 😋


250 gr margarin

200gr smetana yoki qaymoq

4ta tuxum sarigʻi

500 gr un

0,5 ch q razrixitel

Vanilin

500 gr yongʻoq

4ta tuxum oqi

300 gr shakar

Un bilan margarinni urvoqlab olib smetan tuxum sarigʻi vanilin razrixitelni solib hamir qorib olamiz. Hamirni ikkiga boʻlib zuvala yasb olib tindirishga qoʻyamiz.

Tozalangan yongʻoqni chopperda maydalab shakar tuxum oqi bilan bir hil massa holatiga keltirib aralashtirib olamiz.

Tingan hamirni lisga moʻljallab yoyib olib oʻrtasiga tayyor nachinkani joylab ikkinchi yoyilgan hamir bilan ustini yopamiz. Chekkalarini tekkislab ustini pichoq yordamida kesib chiqamiz.

Ustiga tuxum sarigʻidan surtib yongʻoqlarni joylab 170-180gr da qizigan pechda pishirib olamiz.

Pishgach istiga asal yoki qiyom surtib dasturxonga tortamiz

Yoqimli ishtaxa

Mavi_kitchen sahifasidan olindi

Kunlik_retseptlar

Report Page