Osmono'par binolar indeksi

Osmono'par binolar indeksi

Sukhrob Sharipov


Osmono'par binolar indeksi (Skyscraper Index) - 1999 yilda Kleinwort Benson xalqaro investitsiya bankining Gonkong bo'limi xodimi Endryu Lourens tomonidan ilgari surilgan nazariya. Lourens o'zining "Osmono'par binolar indeksi: Aybdor minoralar" asarida turli iqtisodiy inqirozlar oldidan dunyodagi eng baland binolar qurilishi boshlanganini ta'kidlagan...

Kontseptsiya

Osmono'par binolar indeksining kontseptsiyasi - dunyodagi eng baland binolarni barpo etish har doim yirik iqtisodiy kataklizmalar va inqirozlardan oldin boshlanganligiga asoslanadi. Iqtisodiy tsikllar osmono'par binolarni qurish bilan o'zaro bog'liq bo'lib, odatda ishbilarmonlik tsiklining eng yuqori cho'qqisiga yoki iqtisodiy tsiklning eng yuqori nuqtasiga yetib borilganda ko'p qavatli binolar qurilishiga juda katta sarmoyalar ajratiladi.


Indeksning paydo bo'lishi

Lourensning bu nazariyani ochishi tasodifiy bo'lgan. U AQSh tarixidagi rekord darajada mablag' ajratilgan loyihalarni ko'zdan kechirar ekan, qiziqarli o'xshashliklarga duch keladi. Ya'ni 1907-yildagi Bank Panic (Bank Vahimasi) nomini olgan inqiroz paytida Nyu-Yorkda o'sha payt uchun mutlaq yirik loyihalar - Zinger-Bilding va Met-Life Tower inshootlarining qurilishi boshlanishi arafasida edi.

1929-yildagi Buyuk Depressiya nomini olgan navbatdagi jiddiy inqiroz paytida esa yanada yirik proektlar boshlangan edi: Uoll-Strit 40, Kraysler-Bilding va barchamiz bilgan Empayr-Steyt Bilding.

Misollar

Lourens tadqiqotining davomi sifatida, Barclays bankining Gong-Kongdagi filiali har yili "Skyscraper Index"ga bag'ishlangan maqolalarni berib boradi. Ularning ta'kidlashicha, ushbu indeksning ishonchliligi so'ngi paytlarda ikki barobarga oshgan.

2004-yildan boshlab uzoq yillar davomida eng osmono'par bino maqomini egallab kelgan Tayvanning Taybey-101 minorasi aslida 1999-yilning 13-fevralidan boshlab qurila boshlangan edi. Ya'ni internet va kompyuterga ixtisoslashgan kompaniyalarning qulashiga sabab bo'lgan mashhur Dotkom Pufagi (Dot-com Bubble) inqirozidan oldin!

Ushbu qonuniyatning yana bir tasdig'i - Burj Xalifa minorasi bo'lib, uning qurilishi 2008-yildagi Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davriga to'g'ri keldi.

Misollar keltirishda davom etamiz. Quyidagi rasmda esa Neft Inqirozi va Osiyo Inqirozi nomini olgan yirik kollapslar bilan bir vaqtda qurilgan inshootlarni ko'rishingiz mumkin:

Bu indeks tarkibiga kiruvchi "tasodiflar" aslida anchagina ko'p. Biz maqola davomida faqatgina eng asosiy misollarni ko'rib chiqdik. Batafsilroq ma'lumot olishni istaganlar uchun Endryu Lourensning mana bu maqolasini o'qib chiqishni tavsiya qilardik: Talking Tall: The Skyscraper Index

Ushbu rasmdagi inshoot esa Nest One bo'lib, 266,5 metr balandlikka ega yurtimizdagi eng baland bino bo'lishi ko'zda tutilmoqda. Proekt 2021-yilning dekabrida qurib bitkazilishi rejalashtirilgan.

Inshootning qurilishi davom etmoqda. Yaxshi niyatda bo'laylik do'stlar :-)


Maqola Suxrob Sharipov tomonidan tayyorlandi. Undagi rasmlar muallif tomonidan taxrir qilingan.

Kanalda beriladigan maqolalardan muallif ruxsatisiz yoki manbasi ko'rsatilmagan holda foydalanish mumkin emas!

"Iqtisodplus" kanali materiali ©

@Iqtisodplus

Report Page