Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 FundPress

Tadbirkordik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasida (Jamg‘arma) Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda OTB maslaxatchisi Dildora Tadjibayeva, OTB maslaxatchisi Nargiza Saidova, Jamg‘arma ijrochi direktor o‘rinbosari Jasur Bo‘riyev, Iqtisodiy taxlil va aktivlar bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi Baxodir Axmedov ishtirok etdilar.

Uchrashuvda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (Kompaniya)ning 2024-2026-yillar davomida rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va texnik ko‘mak berish masalasi, shu bilan birga mablag‘ ajratish va horijiy grantlar jalb qilish masalalari batafsil muhokama qilindi.

Muhokama davomida O‘zbekistonda APEX tashkilotini tashkil etishning bosqichlari to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar yuqorida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha hamkorlik ishlarini davom ettirishga kelishib oldilar.

 

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi

Axborot xizmati




Report Page