“Osiyo bolalari-2022”: yengil atletikachilarimiz navbatdagi medallarni delegatsiyamiz hisobiga qoʻshib qoʻyishdi

“Osiyo bolalari-2022”: yengil atletikachilarimiz navbatdagi medallarni delegatsiyamiz hisobiga qoʻshib qoʻyishdi


Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida oʻtayotgan VII “Osiyo bolalari” sport oʻyinlarining toʻrtinchi kungi bellashuvlari start oldi.

Bugungi bellashuvlarida yengil atletikachilarimiz navbatdagi medallarni qoʻlga kiritishdi.

Hozircha yengil atletikachilarimiz 1ta oltin va 3ta bronza medallarini qoʻlga kiritdilar.

Rustam Abdullayev 200 m: 23:36 natija bilan oltin, Maftuna Ahmedova 800 m: 2:14.20 Asadbek Haliljonov 800 m: 2:04.56 va Amir Eshonxoʻjayev 200 m: 23.92 natijalari bilan bronza medalni qoʻlga kiritishdi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobida hozircha 7 ta oltin, 10ta kumush va 16ta bronza, jami 33ta medal bor.

Report Page