“Osiyo bolalari-2022”: sohil voleyboli boʻyicha yigitlarimiz sovrindor boʻlishdi

“Osiyo bolalari-2022”: sohil voleyboli boʻyicha yigitlarimiz sovrindor boʻlishdi


Xabaringiz bor, ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida VII “Osiyo bolalari” sport oʻyinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Navoiy olimpiya zahiralari kolleji oʻquvchilaridan iborat Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi bahslarga kirishib, 16 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida sohil voleyboli boʻyicha 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bu bellashuvga qadar 5 jamoa bilan o'zaro aylanma tizimida bahs olib borib, terma jamoamiz vakillari munosib o‘rinni egallashdi. 

Terma jamoa murabbiylarining ta'kidlashicha, mamlakatimizda sohil voleyboli bundan bir yil oldin o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, musobaqaga 8 oy davomida tayyorgarlik ko‘rilgan. Bu esa ularni g'alabaga erishishlariga yordam berdi.

Jamoa yurtimizda ilk marotaba tashkil etilgan plyaj voleyboli bo'yicha musobaqalarda faol ishtirok etgan. Ushbu yoshlarimiz bugungi kunda plyaj voleyboli bilan birgalikda klassik voleybol terma jamoasi a'zosi ham hisoblanishadi. Endi bo'lsa, yurtimizda endigina ish faoliyatini boshlagan sohil voleybol sovrindorlari bo'lishdi. 



Report Page