O'rganishdagi jarlik.

O'rganishdagi jarlik.

Michael

Bir loyihamni serverda yangilashga urunganimda doim passphrase (parol) so'raydi.

Shu passphraseni yozishda chap qo'lim bir vaqtni o'zida ham "shift"ni, ham kerakli belgi klavishasini bosishi kerak bo'lib qoladi. O'ng tomondaham shift bor, lekin chapdagisini bosishga o'rganib qolganim uchun doim 1-2 soniya vaqtim klaviaturaga qarashga ketib qoladi.

Qoida bo'yicha chap barmoqlar bilan yozilganda o'ngdagi shiftni, o'ng barmoqlar bilan yozganda chapdagisini bosish kerak. Klaviaturada yozishni qoidalari aslida juda ko'p va qiyin, typing.com da mashq qilib yurganimda ba'zilarini o'rganib olgan edim.

Qoidalariga amal qilib yozish qiyin:

  • "c" harfini chap o'rta barmoq bilan bosish kerak, noqulay tuyuladi.
  • Ohirgi belgi qaysi qo'lda yozilgan bo'lsa, "space"ni teskarisi bilan bosish kerak.
  • "b" harfi o'ng qo'lga yaqin bo'lganiga qaramasdan chap qo'l bilan bosish kerak.

O'rganish jarayonida "nima keragi bor ekana, qo'limga yaqin bo'lgani bilan yozib ketaversam tezroq yozamanku!" deb minutiga o'rtacha 50ta so'z yozar edim.

Typing.com bilan 1 oy atrofida, qoidalarga amal qilib yozib ko'rdim, keyinchalik shu qoidaga amal qilish odatini saqlab qoldim. Hozirgi natija:

Lekin shundaham o'ng qo'lda "shift" bosish va chap qo'lda "space" bosishga o'rganolganim yo'q - o'rgansam yanada tezlashsa kerak.

Ushbu holat "Learning Pit" deb ataladi ekan - yangi, murakkabroq narsani endi o'rganishni boshlaganimizda progress ortga ketgandek tuyulishi. Umumiy eng samarali yo'l (global optimization)ni bilmaganimiz hozirgi holat uchun eng samarali bo'lgan yo'l (local optimization)da davom etaveramiz.

Ko'pincha o'zimiz bilgan noto'g'ri usulni qo'llashda davom etish o'ylash, ko'nikish va vaqt talab qiladigan to'g'ri usuldan samaraliroq tuyuladi.

O'zimda misollar ko'p ekan, shularni tugatib olib sizga to'g'ri keladiganlariniham ko'rib chiqamiz:

- Kompyuterdagi ilovalarni hammasida "keyboard shortcuts" bo'ladi - sichqonchaga qo'lni cho'zib yana klaviaturaga qaytib o'tirmaslik uchun mo'ljallangan klavishalar ketma ketligi. Excelni o'zida 300ga yaqin shortcut bor ekan.

Hammasini o'rganib chiqish samarasiz, lekin doimiy foydalansangiz Excel bo'yicha chempionatda ham qatnashsangiz bo'ladi ekan, qoyil.


- Dasturchilarda TDD (Test-Driven Development) degan usul bor: kod yozishdan oldin testlarini tayyorlash. Masalan, Telegram bot yaratishda hali kodga qo'l urmasdan turib, botning vazifalari va kutilgan xatoliklar ssenariysini yozib chiqasiz.

Avvaliga samarasiz, lekin uyoq muddatda ЧП (kutilmagan muammo)larni oldini oladi.


Endi umumiy misollarga kelsak: IELTS examiner Tim ustozimga bir dardini doston qilgan ekan - o'quvchilar "Vocabulary Machine" bo'lib ketgani, examiner o'ziham bilmaydigan so'zlarni har bir oddiy gapga tiqaverishidan charchaganini aytgan.

Til o'rganishda tinmay so'z yodlayverishga ko'pchilik o'rganib qolgan, aslida to'g'ri bo'lgan, "ko'chib olish" qiyin bo'lgan Immersionni esa 70% o'quvchi o'rganish usuli deb emas, yangi so'z deb biladi.

O'rganish jarligiga tushgimiz kelmagani uchun o'sishni sekinlashtirayotganimizdan behabar qolib ketaveramiz. Chuqurga tushishga tayyor emas ekanmiz, o'sishimiz qiyinlashib boraveradi.


Nega ba'zan "noto'g'ri" yo'l foydaliroq ko'rinadi? Tasavvur qiling, to'gni tepasiga chiqmoqchisiz, oldingizda ikkita yo'l bor:

  1. Birinchisida cho'qqini yarmigacha 10-15 daqiqada chiqib qo'yasiz. Davomiga esa yo'l yo'q, tirmashib, qoqilib, osilib chiqishga majbur bo'lasiz.
  2. Ikkinchisi esa avval chuqur jarlikka olib boradi. Lekin jarlikdan chiqib olsangiz davomi tekkis, cho'qqiga olib chiqadigan yo'l.

Biz ko'pincha o'sha "jarlikka" tushishdan qo'rqamiz va o'sishdan to'xtab qolamiz.

Shu qatorlarni yozar ekanman, yaqinda ro'y bergan bir holat esimga tushib qoldi: Do'stim Abdulbosid CD IELTS imtihoniga 4 soat qolgan bir payt klaviaturada yaxshi yozolmasligini aytib qoldi. To'g'ri yo'lni o'rgatishga harakat qilgan edim, bu yo'l bilan yanada sekinroq yoza boshladi.

Aynan imtihonga 4 soat qolganda yangi, noodatiy lekin to'g'ri bo'lgan yo'lga o'tish xato bo'ladi. Bu etapda, samara noto'g'ri yo'lda bo'lsangiz balandroq bo'ladi:

To'g'ri yo'l samara bo'yicha oldinga chiqib ketishi uchun vaqt kerak. Abdulbosidda esa bu vaqt yo'q edi.

Daniel Kahneman mendan ancha oldin bu narsani System 1 va System 2 ko'rinishida kategoriyalashtirib bo'lgan ekan. Keling shuni ko'rib chiqamiz:

System 1: tez va dangasa miya. Miyani "avtopilot"i deb tushunsangiz bo'ladi. 2ga 2ni qo'shish yoki 4 kilo olmani narxini hisoblash uchun o'ylab o'tirmaymiz. Avtomatik bo'ladi. System 1 oson yo'lni yaxshi ko'radi. Noto'g'ri bo'lsaham o'rgangan yo'limizda davom etish - System 1ni ishi.

System 2: sekin va e'tiborli miya. Qiyin matnni tahlil qilishda yoki masalaga javob izlashda System 2 ishga tushadi. Ko'p energiya sarflaydi va bizni tez charchatadi. Ishlatish qiynaydi.

O'zimiz o'rgangan oson yo'lni (System 1) tashlab, yangi va qiyinroq, lekin to'g'ri yo'lga (System 2)ga o'tishda o'sha o'rganish jarligiga tushib qolamiz.

System 1 aytadi: "Eski usulda yozaver, qiynalma, vaqtingni sarflama!"

System 2 aytadi: "Hozir qiynalsang ham, kelajakda ancha tezroq yozasan."


Abdulbosid holatida System 1da qolish yaxshiroq edi. Uzoq muddatda esa System 2dagi usulni System 1ga moslashtirib, odatga aylantirish eng samarali usul bo'ladi.

O'sishni xohlar ekanmiz, o'rganish jarligiga bir martta tushib chiqishga tayyor bo'laylik.

Report Page