O‘rganish natijalari, yutuq va kamchiliklar tahlili
Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi rahbarlarining topshirig‘iga asosan Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi T.Yuldashev boshchiligida, DKP Topografik ishlarni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i U.Abdullayev hamda DKP Bino va inshootlar va davlat kadastrini yuritish boshqarmasi bosh mutaxassis B.Abidovlardan iborat Ishchi guruh tomonidan Namangan viloyati kadastr tizimidagi filiallarda o‘rganish ishlarini yakuniga bag‘ishlangan zoom orqali videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi A.Nasritdinov, bo‘lim boshliqlari, tuman filiallari rahbarlari, kadastr muhandislari, topograflar jami 85 nafar xodimlar ishtirok etdalar.
Tadbirni Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov kirish so‘zi bilan ochib maʼruza uchun so‘zni Ishchi guruh rahbari, Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi T.Yuldashevga berdi.
U o‘z maʼruzasida Ishchi guruh tomonidan o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar va ularni kelib chiqish sabablarga to‘xtaldi. O‘rganilgan tuman filiallarida xodimlarning ishga kelib ketishini va murojaatchilarning ro‘yxatga olinishi, kiyinish madaniyatiga rioya qilinishi, bino va inshootlar hamda davlat kadastrini yuritishda meʼyoriy hujjatlarga amal qilishdagi baʼzi bir kamchiliklarni tanqidiy tahlil qildi.
Davlat kadastrlari palatasining Topografik ishlarni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i U.Abdullayev o‘z so‘zida yer o‘lchov ishlarida ishlatilayotgan o‘lchov asboblarini ishlatilishi, saqlanishi va texnik parametrlarga amal qilinishi va yangi zamonaviy o‘lchov asboblari bilan taʼminlanishi haqida maʼlumot berdi.
Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Obidov, o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha boshqarmaning chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishini va qolgan tuman filiallarida ham profilaktik tadbirlar o‘tkazilishini aytib o‘tdi.
Keng qamrovli “Kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantiramiz” mavzusida profilaktik tadbirlar viloyatning barcha tumanlarida davom ettiriladi.
Yuqori malakali Ishchi guruh aʼzolari tomonidan berilgan tavsiya va maslahatlar hamda amaliy yordam, joylarda kadastr xizmati ko‘rsatish sifatini yaxshilashga, korrupsiyani oldini olishga, ijro intizomini mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Matbuot xizmati.