O‘quv seminarlar boshlandi
Joriy yilning 21-sentabr kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘magida Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanidagi Qishloq xo‘jaligida bilim, innovatsiyalar va xizmatlar markazi (AKIS)da agrar sohada faoliyat yuritayotgan agronomlar, doktorantlar va mutaxassislar uchun o‘quv seminarlar o‘z ishini boshladi.
Seminarlarda bog‘dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, mexanizatsiya, tuproqshunoslik, irrigatsion sug‘orish texnologiyalari, o‘simliklarni himoya qilish va boshqa mavzular muhokama etiladi.
Unda vazirlik tarkibidagi tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlari qatorida Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari ham ishtirok etishmoqda.
Toshkent viloyatida tashkil etilgan qishloq xo‘jaligida bilim, innovatsiyalar va xizmatlar markazi loyihasining ilk namunasi bo‘lgan AKIS agroxizmatlar markazida fermerlar, agronomlar va agrar sektorning boshqa vakillari uchun turli o‘quv tadbirlari o‘tkaziladi. Shuningdek, mahalliy va xorijiy tashkilotlar, mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida respublika va xalqaro formatdagi tadbirlar uyushtirilishi rejalashtirilgan. Seminar 11 noyabrgacha davom etadi.