Optik tola va oddiy internet. Internet sputnikda ishlaydimi? O'zbekistonda internet...

Optik tola va oddiy internet. Internet sputnikda ishlaydimi? O'zbekistonda internet...

ROBOCODE IT ACADEMY

Ko'pchilik sodda odamlar mahallamizga optik tola kelsa xammasi zo'r bo'lib ketadi. Bizda xam internet "uchadi" deb tasavvur qilishadi. Ushbu maqolada biz oddiy internet va optik tolali internet haqida biroz gaplashamiz.

Bundan avval esa internet va uning bizgacha yetib keladigan turlari haqida biroz to'xtalsak. Internetning aslida simli va simsiz turlari mavjud. O'z vaqtida simli internet tezroq ishlashi va ma'lumotlarni tez uzatishiga ko'ra oddiy simda kelgan internet (ADSL, VDSL), LAN kabelda kelgan internet (GPON), xamda optik tolali turlari mavjud (shisha tolali).

Chapda optik tolali sim, o'ngda oddiy sim

Bundan tashqari telefon aloqa kompaniyalari bizga internetni simsiz xam yetkazib berishadi. Bunda ular tayyor kelgan kabeldagi internetni antennalar yordamida aholiga tarqatib beradilar.

Endi tezliklar farqiga kelsak:

Optik (shisha-fiber) tolali internetda - 600 mb/sek. Yangi chiqgan turlarida esa 1500 mb/sek gacha tezlikni ta'minlaydi

LAN kabel-Ko'pchilik bu kabelni setiviy kabel deb taniydi va mahallada kontr strike o'ynash uchun ishlatadi. Bu kabel 100 mb/sek tezlikni bera oladi.

ADSL, VDSL - bu kabellarimizda maksimal 10-15 mb/sek tezlikkacha chiqishi mumkin.

Simsiz internet-tezligi cheklanmagan miqdorda berilishi mumkin. Simsiz internetning tezligini aloqa kompaniyalarining o'zlari xal qiladi. Xar bir odamda birdak ishlashi uchun normalar va tartiblar mavjud.

Internet qanday ishlaydi?

Ko'pchiligimiz internetni xali xamon sputnik yordamida ishlaydi deb bilamiz.

Rossiya va Amerikaning sputniklari bor, shunga ularda internet zo'r ishlaydi degan gaplarni juda ko'p eshitganmiz. Aslida esa bu gaplar umuman xaqiqatga to'g'ri kelmaydi. Quyidagi rasmda internetni qanday ishlashi keltirilgan:

Internetni ishlash sxemasi

Internet butun dunyodagi turli mamlakatlarda serverlarda joylashgan bo'lib, siz xar kuni telegramda yoki instagramda videolar joylasangiz yoki ularni ko'rib turgan bo'lsangiz bularning xammasi serverlarga foydalanuvchilar va kompaniyalar tomonidan joylangan ma'lumotlardir. Misol qilib aytadigan bo'lsak siz va biz bilgan TELEGRAM Buyuk Britaniyaning London shaxridagi bir nechta yuzlab serverlarida joylangan. Bunday misollarni ko'plab topsa bo'ladi, lekin shunisi aniqki internetga sputnik shart emas.

O'zbekistonda internet.

Yaqinda ko'pchiligimiz xabardor bo'lganimizdek O'zbekistonda internet tezligi 10 barobarga oshdi. Lekin buni kimdir xis qildi kimgadir bu umuman sezilmadi.

Lekin 10 barobar oshgani bu fakt!!!

Unda nega xali xamon sekin?

Avvalambor aytib o'tishimiz kerakki O'zbekiston Respublikasi internetni turli davlatlar orqali bir nechta o'nlab katta simda bizgacha yetkazib beradi. Xozirgi kunda ularning jami xajmi 1200 gb/sek ta'minlab berishga qodir. Lekin kundan kun internet foydalanuvchilari soni ortmoqda, Oxirgi faktga ko'ra xozirgi kunda 21 million inson O'zbekistonda internetdan foydalanadi.

Endi buni ozgina hom cho'tga tashlaylik:

Avval gigabaytlarni megabayt tizimiga o'girib olamiz: 1200*1024= 1,228,800 mb/sek

Ya'ni 1 million 228 ming foydalanuvchi bir vaqtni o'zida ishlatsa 1 mb/sek tezlikda internet ishlaydi. Lekin yuqoriga qarasak 21 million axoli internetdan foydalanadi. Bu esa internet tezligini pastlashiga olib keladi. Yaxshi xamki 21 million axolining xammasi bir vaqtning o'zida birdaniga internetdan foydalanmaydi. Aks xolda bu tezlik umuman ko'rinmay qolgan bo'lar edi.

Shu kompaniya bizni internet bilan ta'minlaydi.

@robocode_andijan






Report Page