Onlayn zapravka

Onlayn zapravka

Xoshimjonov Xurshidbek

Umumiy ma'lumot

Yadro energetikasida onlayn refueling degan jarayon bor. Bu jarayonda yadro reaktori ishlab turgan joyida yoqilg'isi almashtiriladi. On-line - tarmoqda, refuelling - yoqilg'i almashtirish.

Odatda reaktorlar yoqilg'isi almashtirilishi uchun avval reaktor ishi to'xtatiladi va keyin yoqilg'i yangi boyitilganiga almashtiriladi. Bu degani reaktor qanchadir vaqt elektr energiyasi ishlab chiqarmaydi. O'z navbatida bu energiya chiqarishdagi kamomat elektr tarmog'iga yuklamani oshiradi.

Onlayn zapravkada esa yoqilg'i almashtirish davomida ham reaktor odatdagiday ishlab turadi, ya'ni elektr tarmoqdan uzilmaydi. Ko'rinadiki, onlayn zapravka reaktor qadrini oshiradi - chunki hamma reaktorlarni ham onlayn zapravka qilib bo'lmaydi.

Foydalari:

  • Yoqilg'i siklini oson nazorat qilish imkonini beradi.
  • Yadro qurollari uchun to'la yonmagan yoqilg'i(ichida pluton bor) zarur. Reaktordan onlayn zapravka qilib bunday yarim-yongan yoqilg'ini olish mumkin.
  • Reaktor yadrosi(yoqilg'i elementlari joylashadigan soha) dagi yoqilg'i elementlari o'rnini tez almashtirib turish orqali yoqilg'ining to'la potensialini ochilishiga - to'la yonishiga erishish mumkin.

Kamchiligi:

  • Onlayn zapravka qilish uchun reaktor ma'lum dizaynga ega bo'lishi kerak. Bu dizayn murakkab va o'z o'zidan iqtisodiy jihatdan reaktor narxini oshiradi.
CANDU

Onlayn zapravka qilish mumkin bo'lgan reaktorlar

  • CANDU. Tabiiy uranda ishlovchi reaktor. Kanada. 1947-yildan hozirgacha ishlamoqda.
  • IPHWR. Hindiston. 1984-yildan beri ishlamoqda.
  • Magnox. Britaniya. 1954-2015.
  • RBMK. Rossiya. 1974-yildan hozirgacha ishlamoqda.
  • UNGG. Fransiya. 1966-1994.
  • BN-350, BN-600, BN-800. Rossiya. 1973-yildan beri ishlamoqda.
  • AGR. Britaniya. 1976-yildan beri ishlamoqda.

O'zbekistonda qurilayotdan AESdagi reaktorlar SMR tipidagi RITM-200N va PWR tipidagi VVER-1000 reaktorlaridir. Bu reaktorlarni onlayn zapravka qilib bo'lmaydi. Iqtisodiy jihatdan bizga zararli, onlayn zapravkadan keladigan foydalar bizga zarur emas. Yadro energetikasi biz uchun yangi ekanligidan, onlayn zapravkali reaktorlardan hozir foydalanish yaxshi yechim emas.


Ma'lumotlar Wikipedia ma'lumotlariga asoslangan. Asl maqolaga link. Bold shriftdagi yozilgan reaktorlar nomlarini internetdan qidirish orqali ular haqida batafsil ma'lumot topishingiz mumkin.


Online refuelling - Onlayn zapravka atamasiga o'zbekcha qanday so'z birikmasi ko'proq mos tushadi? Fikrlaringizni @XoshimjonovX telegram akkountiga yuborishingiz mumkin. Balki sizning variantingiz mosroq tushar!

Report Page