Onlayn savdodagi yolg'on reklama...

Onlayn savdodagi yolg'on reklama...


O‘zbekistonda ham turli ijtimoiy tarmoqlarda do‘kon ochib, o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yganlar ko‘p. Ayniqsa, oxirgi uch yillikda onlayn savdoning ko‘lami kengayib, yurtdoshlarimizni elektron xaridlarni amalga oshirish bo‘yicha tajribalari ega bo‘ldilar. O‘zbek xalqi «Otang bozor, onang bozor…» degan naqlga amal qiladi. Biroq bugun ko‘pchilik onlayn savdoning qulayliklarini tushundi.

Onlayn savdoning xaridorlari ko‘pligidan foydalanib, o‘zining sifatsiz mahsulotini o‘tkazayotgan “tadbirkorlar” ham yuq emas.

Fuqaro Sh.SH. telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali Qarshi shahrida faoliyat olib borayotgan onlayn savdo do‘konidan qizlar sumkasini buyurtma beradi. Ammo buyurtma do‘konda reklama qilingan sumkaning na ko‘rinishiga na sifatiga mos keladi. Buyurtma kutganidek kelmaganidan fuqaro do‘kon sotuvchisi Y.M. ga bir necha bor murojaat qilishiga qaramay muammo ijobiy hal bo‘lmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunining isteʼmolchiga nuqsonli tovar sotilgan taqdirda u bilan hisob-kitob qilish to‘g‘risidagi 6-17-moddalariga asosan isteʼmolchi amalga oshirgan to‘lovini to‘liqligicha qaytarib olish huquqiga ega ekanligi belgilab quyilgan.

Qashqadaryo viloyati raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasining masʼul xodimlarining saʼyi harakatlari tufayli fuqaro Sh.SH. onlayn do‘kondan qizlar sumkasini sotib olish uchun qilgan to‘lovi to‘liqligicha qaytarib olib berildi.

Isteʼmolchining huquqlari Qonun himoyasida!



Report Page